Линклар

logo-print
"O'zbekiston havo yo'llari" milliy avishirkatiga qarashli samolyot Turkiya osmonida qush bilan to'qnashib ketdi.

To'qnashuv natijasida samolyotning chap motori ishdan chiqdi, deya xabar beradi "The Aviation Herald" veb-sayti.

Istanbul - Toshkent yo'nalishi bo'yicha HY-272 reysni amalga oshirayotgan O'zbekiston milliy aviashirkatining Boeing 757-200 rusumli samolyoti Istanbulning "Ataturk" aeroporti osmonida qushlar to'dasi bilan to'qnashgan va natijada qushlardan biri samolyotining chap motoriga kirib ketgan.

165 yo'lovchi mingan samolyot 4 ming metrlik balandlikdan "Ataturk" aeroportiga qayta qo'nishga majbur bo'lgan. Xabarlarga ko'ra, HY-272 reysi samolyotning nosozligi tufayli bekor qilingan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG