Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:51

Povetkin endi Xolifildga qarshi ringga chiqadi


Aleksandr Povetkin chempionlik kamarini o'zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevni mag'lub etib, qo'lga kiritgan edi.
Aleksandr Povetkin chempionlik kamarini o'zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevni mag'lub etib, qo'lga kiritgan edi.
O'zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayevni mag'lub etib, WBA yo'nalishi bo'yicha eng og'ir vazn toifasida Jahon chempioni kamarini qo'lga kiritgan Aleksandr Povetkin shu yilning dekabr oyida AQShlik taniqli bokschi Evander Xolifildga qarshi ringga chiqadi.

Eng o'gir vazn toifasida sobiq chempion Xolifild ko'pchilik boks muhlislariga afsonaviy Mayk Taysonga qarshi o'tkazgan jangi bilan tanishdir. 1997 yili o'tgan ushbu jangda "temir Mayk" Xolifildning qulog'ini tishlab, uning bir parchasini uzib olgan edi.

Rossiyalik Aleksandr Povetkin o'zbekistonlik bokschi, sobiq Jahon chempioni Ruslan Chagayev ustidan 12 raundlik jangda ochkolar nisbati bilan g'alaba qozonib, WBA versiyasi bo'yicha chempionlik kamarini qo'lgan kiritgan edi. 27 avgust kuni Germaniyaning Erfurt shahrida o'tgan ushbu jangga Evander Xolifild ham mehmon sigatida kelgan edi.

Aksar sport tahlilchilari dekabrga belgilangan jangda Povetkinning qo'li baland kelishini tahmin qilishmoqda. Bunga sabab raqiblar yoshidagi 17 yillik farqdir.

32 yoshli Povetkin va 49 yoshli Xolifild o'rtasida o'tadigan jang tafsilotlari tez kunlarda ma'lum qilinishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG