Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:02

O‘zbekiston - Tojikiston 1:0


Tursunzodaning "Metallurg" stadionida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha ikki qo‘shni jamoa o‘yinida o‘zbekistonliklar g‘alaba qozondi.

O‘yin 2 sentabr Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da Tursunzoda shahridagi "Metallurg" stadionida boshlandi.

Ushbu bellashuv futbol bo‘yicha 2014 yil Jahon chempionatining uchinchi davra saralash o‘yinlari doirasida o‘tkazilmoqda.

Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA Suriyani 2014 yil Braziliyada bo‘ladigan jahon chempionati saralash o‘yinlaridan chetlatgach, o‘zbek futbolchilari tojiklar bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Tojikiston Davlat telekanallari o‘yinni jonli efirga uzatmasligini ma‘lum qildi. Tojik matbuotiga ko‘ra, buning sababini izohlamagan telekanal rahbarlari o‘yinni yozib olib, keyinchalik namoyish qilishga va‘da berishgan.

Futbol bo‘yicha 2014 yil Jahon chempionatining uchinchi davra saralash o‘yinlarida o‘zbek futbolchilari Tojikistondan tashqari Yaponiya va Shimoliy Koreya terma jamoalari bilan bellashadi.

Joriy yilning 2 sentabrdan 2012 yilning 29 fevraliga qadar davom etadigan bellashuvlar natijasida ikkita eng sara jamoa keyingi bosqichga chiqadi.

O‘zbekiston futbolchilari 6 sentabr 2-turda O‘zbekiston-Yaponiya; 11 oktabr 3-turda Shimoliy Koreya-O‘zbekiston; 11 noyabr 4-turda O‘zbekiston-Shimoliy Koreya; 15 noyabr 5-turda O‘zbekiston-Tojikiston; 29 fevral 6-turda Yaponiya-O‘zbekiston o‘yinlari o‘tkazadi.
XS
SM
MD
LG