Линклар

logo-print

Ruhnomaga yondosh yana bir noma


Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovda so‘nggi paytlarda hofizlik va yozuvchilik havasi kuchaygani aytilmoqda.

Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovda so‘nggi paytlarda hofizlik va yozuvchilik havasi kuchaygani aytilmoqda.

Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovga nisbat berilayotgan yangi kitob “Turkmannoma” ëki “Odamnoma” deb nomlanishi mumkin.

Yaqinda Arqadag‘ (Turkmanlar tayanchi ma‘nosida - tahr.) maqomiga rasman noil deya e‘lon qilingan Turkmaniston prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedov "millatni ma‘naviy boshqarishga oid" yangi risolani ëzib tugatadi.

Bu haqda Ozodlik radiosiga Turkmaniston hukumati ichidagi manba ma‘lum qildi.

- Kitob ë “Turkmannoma” ëki “Odamnoma” deb ataladi. Bu nomni turkmanistonlik publitsist¸ ëzuvchi Toshkeldi Qutliyev tavsiya qilgan edi, - deydi suhbatdosh.

Ozodlik bilan suhbatda Toshkeldi Qutliyev Turkmaniston yangi tarixidan o‘rin olgan Uyg‘onish¸ Oltin asr kabi davrlar unutilmasligi lozimligini ta‘kidladi.

Bu ikki davr 2006 yil dekabr oyida olamdan o‘tgan Saparmurod Niëzov shaxsi bilan bog‘liq davrlardir.

Ayni paytda Ruhnoma turkmanlarning asosiy kitobi bo‘lib qolmoqda.

Turkmaniston prezidenti Berdimuhammedov “Ruhnoma” ëzilganining 10 yilligini katta tantana bilan nishonlashga buyruq berdi.

"Ruhnoma" maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun hanuz asosiy darslikligicha qolmoqda.

Turkmaniston maorif tizimi faollari esa bu kitobni targ‘ib qilish uchun turli tadbirlar o‘tkazishga mahkum.

Ruhnomaga bag‘ishlab o‘tkazilgan bu tadbirlardan birida o‘zbekistonlik mashhur qo‘shiqchi Yulduz Usmonova ham ishtirok etgan edi.
XS
SM
MD
LG