Линклар

Futbol: Bugun Yaponiyaga qarshi o'ynaymiz


6 sentabr kuni o'tadigan uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi to'lig'icha tushirilishi kutilmoqda.

6 sentabr kuni o'tadigan uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibi to'lig'icha tushirilishi kutilmoqda.

Yetib keldi o'sha kun... Bugun barcha o'zbek futbol muhlislarining diqqati Toshkentning "Paxtakor" markaziy stadionida o'tadigan o'yinga qaratiladi. Ahir bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z uyida FIFA reytingi bo'yicha Osiyoda birinchi raqamli jamoa Yaponiya termasini qabul qiladi.

Qiziqarli va hujumlarga boy o'tishi kutilayotgan o'yin 2014 yil Braziliyada o'tadigan Jahon chempionatining saralash o'yinlari 3-bosqichining ikkinchi tur uchrashuvidir.

"Samuraylar" jamoasi uchrashuvga oldindan tayyorgarlik ko'rish uchun Toshkentda 3 sentabr kuni uchib kelgan edi. Ular bir necha bor "JAR" stadionida italiyalik murabbiy Alberto Zakkeroni boshchiligida mashg'ulotlar o'tkazdi.

O'zbekiston futbol Federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan ma'lumotga ko'ra, bugun "Paxtakor" stadioning majlislar zalida ikki jamoa vakillar va o'yin hakamlari ishtirokida o'yin oldidan o'tkaziladigan an'anaviy yig'ilish bo'lib o'tdi. Majlis davomida ikka jamoa murabbiylari ham ijobiy natijadan umidvor ekanini aytib o'tishdi.
FIFA reytingi bo'yicha Yaponiya terma jamoasi Osiyoda birinchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston terma jamoasi esa 6-o'rinda.

- Men O‘zbekistonda birinchi marotaba bo‘lishim va bu mamlakat menga juda ham yoqdi. Hozirda yuzaga kelgan muhitga qaraganda ertangi o‘yin ko‘p ming sonli muxlislarning e‘tiborini o‘ziga tortishini tahmin qilish qiyin emas. Mehmonda ishqibozlar bilan to‘lgan stadion o‘ynash ancha mushkul, ammo raqib O‘zbekiston kabi kuchli raqib bo‘lishini inobatga olsak, mushkullik ikki kara oshadi. Shunga qaramay, umid qilamanki, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, ijobiy natijani qo‘lga kiritamiz, - dedi Yaponiya terma jamoasi ustozi Alberto Zakkeroni.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abravom ham raqibning katta tajribasiga qaramasdan uning jamoasi faqat g'alaba uchun maydonga tushishini ta'kidlab o'tdi.

- Ertaga Osiyo chempioniga qarshi to‘p suramiz, bu juda ham yoqimli albatta. Yaponiya termasining kuchiga umuman shubha qilmaymiz. Shunga qaramay, biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, o‘zbek xalqiga bayramona kayfiyatni ulashish nasib qiladi, - deya ishonch bildirdi Vadim Abramov.

Yig'ilishda O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining an'anaviy oq libosida maydonga chiqishi ma'lum bo'ldi. "Samuraylar" jamoasi ham o'zi uchun odatiy bo'lgan ko'k libosida o'yinga chiqadi.
Yaponiya terma jamoasida asosiy o'yinchilardan biri - Keysuke Xonda jarohat olgan.

So'nggi marotaba ikkala jamoa 2009 yili Janubiy Afrikada o'tgan Jahon chempionati saralash o'yinlari doirasida uchrashishgan. Toshkentda o'tgan o'yinda Yaponiya 0:1 hisobi bilan g'alabani qo'lga qiritgan edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yinda to'liq asosiy tarkib bilan chiqishi kutilmoqda. "Samuraylar" esa asosiy o'yinchilardan biri - Keysuke Xonda jarohat olgan.

Bugungi uchrashuvda "anshlag" bo'lishi kutilmoqda. O‘zbekiston futbol Federatsiyasi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston - Yaponiya uchrashuviga chiqarilgan 29.383 ta chiptalarning barchasi sotib bo‘lingan.

"Paxtakor" markaziy stadionida soat 19:00 boshlanadigan uchrashuvni Xalil al-Gamdiy boshchiligidagi saudiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi.
XS
SM
MD
LG