Линклар

logo-print
Bunga G‘azo Sektoriga yordam yuklari olib ketayotgan flotiliyaga qarshi Isroil askarlari o‘tkazgan reydda 9 nafar turk nobud bo‘lgani uchun Isroil uzr so‘ramagani sabab bo‘ldi.

Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan savdo va mudofaa sohasidagi aloqalarni to‘xtatganini e‘lon qildi.

Isroil harbiylari o‘tgan yil G‘azo Sektoriga gumanitar yordam olib ketayotgan Turkiya yetakchiligidagi flotiliyaga qarshi reyd o‘tkazgan paytda 9 nafar turk nobud bo‘lgan.

Isroil turklar nobud bo‘lgani uchun afsuslanish bildirgan, ammo Anqara xohlaganidek uzr so‘ramagan.

Shu bois Turkiya o‘tgan hafta Isroil elchisini mamlakatdan chiqarib yubordi.

6 sentabr kuni G‘o‘lon mintaqasidagi Isroil harbiy bazasini borib ko‘rgan Isroil mudofaa vaziri Ehud Barak ikki tomonni og‘ir-bosiq bo‘lishga chaqirdi.

- Isroil va Turkiya hozir mintaqaning eng kuchli va eng muhim davlatlari. Hatto o‘zaro bahslar bo‘lgan taqdirda ham, bahslar esa mavjud, ikki tomon qurol emas, aql bilan ish yuritishi lozim. Men buni ham o‘zimiz, ham Turkiya tomoniga tavsiya qilaman, - dedi Ehud Barak.

Voqea yuzasidan BMT e‘lon qilgan hisobotda Isroil “me‘yordan ko‘p kuch qo‘llagani”, ammo G‘azo Sektorining Isroil harbiylari tomonidan blokada qilinishi qonuniy ekani bildirilgan.

Turkiya blokada masalasini Xalqaro sud muhokamasiga olib chiqishni va‘da qilgan.

Turkiya Bosh vaziri Erdo‘g‘on Misrga safaridan so‘ng, ehtimol, kelasi hafta boshida G‘azo Sektoriga borish niyatida ekanini yana bir marta aytdi.
XS
SM
MD
LG