Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:20

Jurnalistga flesh kartalari qaytarildi


6 sentabr kuni toshkentlik mustaqil jurnalist Yelena Bondar Toshkent halqaro aeroportining bojxona surishtiruv bo‘limiga chaqirildi.

Surishtiruv bo‘limi boshlig‘i Yoqub Mirzarahimov jurnalistga tekshiruv uchun olingan axborot tashuvchi moslamalari va SD-disklarini qaytarib berdi.

22 avgust kuni Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qaytgan Yelena aeroport xodimlari tomonidan bir necha soat ushlab turilgandi. Bojxonachilar deklaratsiya qilinmagani vaji bilan jurnalistdan uchta SD-diski, to‘rtta flesh karta hamda ikkita videokassetasini ekspertiza uchun olgach¸ o‘zini qo‘yib yuborgan edi.

Ushbu axborot tashuvchi moslamalar O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ekspertiza uchun berilgandi.

- Menga juda g‘ayritabiiy usul bilan axborot tashuvchi moslamalarimni qaytarib berishdi hamda og‘zaki ogohlantiruv qilishdi. Ma‘muriy jarimaga tortilmas ekanman. Hech qanday yozma ogohlantirish bo‘lmadi, moslamalarni tekshirgan ekspertiza xulosasini ham ko‘rsatmadi. Biroq himoyachim ekspertiza xulosasini so‘raganida, surishtiruv bo‘limi boshlig‘i hech qanday qonunga zid axborot topilmaganini aytdi. Mirzarahimov o‘ta mulozamat bilan men bilan suhbatlashganidan ularga yuqoridan shunday buyruq bo‘lganini sezdim, - dedi 6 sentabr kuni jurnalist Yelena Bondar.

Yosh jurnalist Yelena Bondar Bishkekda YeHHT akademiyasida "Nemis to‘lqini" akademiyasi tomonidan tashkil etilgan jurnalistika kursida ikki yarim oy davomida o‘qib, ayni paytda o‘z jurnalistik faoliyatini davom ettirish niyatida.

2 sentabr kuni Yelena Bondarning O‘zbekistonda jiddiy ta‘qibga uchrashi xavotirlari sababli bir guruh jurnalistlar uning himoyasi uchun Bishkekdagi O‘zbekiston elchixonasi oldida namoyish o‘tkazgan.
XS
SM
MD
LG