Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:28

Lola Karimova taqdirlandi


Osiyo gimnastikachilar ittifoqi (Asian Gymnastics Union) prezidenti Abdul Rahmon al-Shatxriy O‘zbekiston prezidentining kenja qizi Lola Karimova–Tillayevani gimnastika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotladi.

5 sentabr kuni Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha xalqaro turnir ochilishida Lola Karimova-Tillayeva ko‘kragiga nishoni taqildi.

2010 yili Qatarning Doha shahrida o‘tgan Osiyo gimnastikachilar ittifoqi katta majlisida Lola Karimova-Tillayeva bu ittifoqning faxriy prezidenti qilib saylangan edi.

2007 yil bo‘yicha madaniyat va sport sohasida erishilgan yutuqlar uchun O‘zbekiston madaniyat va sport vazirligi tomonidan mukofotlanganlar orasida Lola Karimova ham bor edi.

Shu yil iyulida Lola Karimova-Tillayeva "Rue89" Internet nashrini mahkamaga bergan edi. O‘zbekistonning YuNESKOdagi elchisi Lola Karimova-Tillayeva otasini “diktator”, o‘zini esa "diktatorning qizi" deb atagan hamda mashhur italyan aktrisasi Monika Beluchchiga bitta xayriya kechasida qatnashgani uchun 190 ming yevro haq to‘lagani haqida xabar tarqatgani uchun fransuz nashrini "tuhmat"da ayblab, mahkamaga bergan edi. Pirovardida Parij mahkamasi Lola Karimova da‘vosini qondirmadi.
XS
SM
MD
LG