Линклар

logo-print
Agar Tailandga borsangiz, mamlakat qiroli oilasini internet ijtimoiy tarmoqlarida aslo haqorat yoki tanqid qila ko'rmang! Aks holda sizni qonun bo'yicha 15 yilga qamashlari mumkin.

Tailandlik dasturchi (programmist) Suparaku Pxuchayseng Facebook itjmoiy tarmog'ida mamlakat qirolini haqorat qilgani uchun hibsga olindi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.

Tailand qonunlariga ko'ra, qirol Pumpion Adulyadeta oilasini haqorat yoki tanqid qilganlar jinoiy javobgarlikga tortiladi. Internetda so'ziga erkinlik bergan programmistni 15 yilgacha qamoq jazosi kutayotgan bo'lishi mumkin.

Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi siyosiy fikrlari uchun jinoiy javobgarlikga tortish Tailandda birinchi bor yuz berayotgani yo'q. Shu yilning mart oyida muholifat veb-sayti muharriri qirol oilasiga nisbatan tanqidiy fikr bildirgani uchun 13 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.

Joriy yilning iyul oyida Tailandda o'tgan saylovlarda oldin bir necha yil muholifatda bo'lgan "Pxia txai" partiyasi g'olib bo'lgan edi. Saylovoldi kampaniyasida partiya tarafidan berilgan va'adalarga qaramasdan hozircha internetni nazorat qilish bo'yicha qonunchilikga o'zgartirishlar kiritilgani yo'q.

Eslatamiz, Tailand qirollik mamalakati bo'lganiga qaramasdan qirol hukumat ishlarida boshqaruvchi emas, balki razmiy rol oynaydi. Biroq 83 yoshli xastalikga chalingan qirolni ayrim tailandliklar xudoga tenglashtirishadi.
XS
SM
MD
LG