Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

O‘zbek ekologlari BMTga murojaatnoma yo‘lladi


O‘zbek ekologlari iddaosiga ko‘ra, Tojikiston alyuminiy zavodi inson salomatligi va atrof-muhit uchun o‘ta xavfli bo‘lgan zararli moddalarni chiqarmoqda.
O‘zbek ekologlari iddaosiga ko‘ra, Tojikiston alyuminiy zavodi inson salomatligi va atrof-muhit uchun o‘ta xavfli bo‘lgan zararli moddalarni chiqarmoqda.
O‘zbekiston ekologik harakati TALKOning O‘zbekiston aholisi salomatligiga va atrof -muhitga yetkazayotgan salbiy ta‘siri haqida jamoatchilik noroziligi aks etgan murojaatnomani BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga topshirdi.

O‘zbekiston ekologik harakatining BMTga yo‘llagan murojaatnomasiga Surxondaryo viloyatining Tojikistonga tutash tumanlarida istiqomat qiluvchi tumanlarda yashovchi aholining 757 ming 359 nafari imzo chekkani aytiladi.

“Tojikiston alyuminiy kompaniyasi” davlat unitar korxonasi yiliga atmosferaga 22 ming tonnaga yaqin zaharli modda, shu jumladan, inson salomatligi va atrof-muhit uchun o‘ta xavfli va zararli hisoblangan 120 tonna ftorli vodorod chiqaradi. Zararli moddalarning salbiy ta‘siri oqibatida ayollar orasida bolasi tushib qolayotganlar, o‘lik bola tug‘ayotganlar ko‘paymoqda. Ftorli birikmalarning yuqori darajada to‘planishining zaharli ta‘siri insonning tayanch-harakat nuqtalari patologiyasi shakllanishiga, ayniqsa, ayollarning tos-bel bo‘g‘inlarida kalsiy miqdorining oshishiga sabab bo‘lmoqdaki, bu o‘z navbatida ularning tug‘ish davrida turli darajadagi asoratlarni yuzaga keltirmoqda.

Buning natijasida chaqaloqlar jarohatlangan miya bilan, miya sholi kasalligi bilan, turli xil bel-miya churrasi bilan, yuqori va pastki jag‘dagi nuqsonlar va boshqa jarohatli kasalliklar bilan dunyoga kelayotir. 6 yoshdagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish natijalari hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarning 36,5 foizi jismoniy va aqliy rivojlanishdan orqada qolayotganligini ko‘rsatdi”, - deyiladi murojaatnomada.

Murojaatnoma muaalliflari zudlik bilan zavod faoliyati to‘xtatilishi, xalqaro ekologik ekspertiza o‘tkazilishi va korxona to‘liq modernizatsiya qilinishini talab qiladi. Shuningdek, Tojikiston tomoniga bir necha o‘n yillik davomida O‘zbekiston aholisi salomatligiga yetkazilgan zarar ham to‘la qoplash majburiyati ham qo‘yilgan.

Biroq Tojikiston alyuminiy zavodi matbuot xizmati rahbari Igor Sattorov Ozodlik radiosiga bergan intervyusida o‘zbek ekologlarining da‘volarini asossiz, deb hisoblashini aytdi:

- O‘zbek ekologlari aytayotgan zararni hisoblab chiqish uchun biz ular bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Xalqaro praktikaga binoan ikki qo‘shni mamlakat mutaxassislari birgalikda bu zararlarni hisoblab, aniqlab chiqish kerak. Afsuski, bunga o‘zbek ekologlari rozi bo‘lmayaptilar. Sobiq ittifoq paytida O‘zbekiston hududida zaharli gazlarni o‘lchaydigan maxsus laboratoriyalar bor edi. Biroq negadir ular tamoman yo‘q qilindi. Biz o‘zbek ekologlarining bu murojaatini profesional darajadagi murojaat, deb hisoblamaymiz, - deydi Igor Sattorov.

Igor Sattorov o‘zbek ekologlarining bu murojaatini siyosiylashgan murojaat, deb hisoblashini qo‘shimcha qildi:

- Aynan shunday muammo bizning hududimizda ham uchraydi. Masalan, Tojikiston shimolida O‘zbekiston sanoat korxonalrining bizning hududga yetkazayotgan zararlari ham bor. Lekin nega biz ularga indamaymiz. Shuning uchun bu masalani siyosiylishtirmasdan ikki tomon mutaxassislari birgalikda bu hududlarda o‘lchov va monitoring ishlarini olib borib, hal qilishlari kerak,- deydi Igor Sattorov.

Denov tumanida istiqomat qiladigan Abdullaning aytishicha, aslida O‘zbekiston ekologik harakati vahima qiladigan darajada xavf yo‘q:

- Endi unchalik vahima qiladigan narsalar yo‘q. Oddiy xalqda unday kasalliklar ham yo‘q. Hamma binoyidek paxta terib yuribdi,- deydi Abdulla.

Suhbatdosh O‘zbekiston ekologik harakatining imzo yig‘ish jarayoni haqida o‘zi guvoh bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi:

- Men ham qo‘l qo‘yib berganman, o‘sha imzo yiqqan payti. 2010 yil mart oyida Denovda qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida miting bo‘lgan Tursunzoda alyumin zavodi bo‘yicha. Uni O‘zbekiston ekologiya harakati uyushtirgan edi. Lekin talabalarga, hech kimga aytilmagan namoyish bo‘lishi. Televideniyedan, gazetalardan hamma tomondan chaqirilgan odamlar. O‘quvchilar soat 12gacha kollej ichkarisida turgan. Birorta o‘quvchini chiqarmagan tashqariga. Hojatxonaga chiqamiz desa ham qo‘ymagan birorta o‘quvchini.

Soat 12 bo‘lgandan keyin hammasini chiqargan talabalarning. Talabalarning o‘zlari ham bilmagan nima bo‘laëtganini. Tursunzoda alyumin zavodiga namoyish qilamiz deb o‘qituvchilar aytgan. Talabalar ichida ekologiya harakatining odamlari bo‘lgan. Militsiya xodimlari ham tayër turgan kollejda. Toshbo‘ron bo‘lgan. Talabalar tosh otgan ularga qarshi. Talbalarni urgan. Bir-ikkitasi jarohat oldi o‘sha paytda. Shunday bo‘lgan edi o‘tgan yili. O‘sha paytda qo‘l qo‘yib bergan edik biz ham. Endi bunday imzo yig‘ishlar hamma kollejlarda bo‘lib o‘tdi.Ssenariy asosida tashkil qilindi-da,- deydi Abdulla.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning sovuqlashgani 20 yildan buyon ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ekologik va chegarviy muammolarning hal qilinmayotganiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston hukumati Tojik alyuminiy zavodiga va Rog‘un GESi qurilishiga qarshilik ko‘rsatib keladi.

Tojikiston hukumati O‘zbekistonni yaxshi qo‘shnichilik qilmayotganlikda ayblaydi.
XS
SM
MD
LG