Линклар

Rossiyaning Yaroslav viloyatida samolyot qulashi oqibatida 43 odam halok bo‘ldi.

YaK-42 rusumidagi yo‘lovchilar samolyoti bortida 8 nafar ekipaj a‘zosi va "Lokomotiv" xokkey klubining 37 o‘yinchisi bo‘lgan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, aviahalokat natijasida ikki kishi tirik qolgan. Ayni paytda ular og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.

YaK-42 samolyoti Yaroslav yaqinidagi "TUnoshna" aerodromidan ko‘tarilishi hamon halokatga uchragan.

"Lokomotiv" xokkeychilari 8 sentabr kuni Minskda "Dinamo" klubi bilan bo‘ladigan o‘yinga ketayotgan bo‘lgan.

Halok bo‘lganlar orasida "Lokomotiv" klubida o‘ynayotgan Chexiya, Slovakiya, Shvyesiya fuqarosi bo‘lgan legionerlar ham bor.

Ayni paytda aviahalokat bo‘yicha maxsus komissiya tekshiruv ishlarini boshlagan.
XS
SM
MD
LG