Линклар

logo-print
Liviyaning hokimiyatdan ketkazilgan rahbari Muammar Qaddafiy Nigerga qochgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Suriyadagi "Arrai Oruba" televideniyesiga telefon orqali gapirgan Qaddafiy bu xabarlarni yolg‘on deb atadi.

5 sentabr kuni 50 tacha avtomobil qurolli qo‘riqchilar hamrohligida Liviyadan Nigerning Agadez shahriga o‘tgani va zirhli avtomobillardan birida Qaddafiy va uning o‘g‘li Sayful Islom ham bo‘lgani xabar qilingan edi.

Ayni paytda Niger hukumati agar Qaddafiy bu mamlakatdan boshpana so‘raydigan bo‘lsa nima qilishni muxokama etmoqda.

Niger tashqi ishlar vaziri Bi-Bi-Si muxbiri bilan suhbatda Qaddafiyga boshpana berish yoki uni Xalqaro jinoyat sudiga topshirish borasida keyinroq bir qarorga kelinishini aytgan.

Ayni paytda Pentagon Qaddafiy mamlakatdan chiqib ketganini tasdiqlovchi ma‘lumotga ega emasligini bildirdi.

Oldinroq Muammar Qaddofiyning rafiqasi, ikki o‘g‘li va qizi Jazoirdan boshpana topgan edilar.
XS
SM
MD
LG