Линклар

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bugun Nyu Yorkda bo‘ladigan Moda haftaligida o‘zining Guli brendi ostida adras, atlas, ipak va boshqa milliy matolardan tikilgan libos va taqinchoqlarini taqdim etadi.

Mercedes Benz xomiylik qiladigan ushbu Moda xaftaligi 15 sentabrgacha davom etadi.

Ayni paytda Gulnora Karimovaning Nyu Yorkga tashrifi kunlari O‘zbekiston xalq harakati faollari hamda bolalar huquqlari uchun kurashuvchi tashkilotlar O‘zbekistonda paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanilishiga qarshi namoyish o‘tkazishni rejalaganlar.

O‘zbekiston hukumati bolalar mehnatidan foydalanayotganini rad etib keladi. Biroq huquq faollariga ko‘ra, O‘zbekistonda paxta terimida balog‘atga yetmagan bolalar mehnatidan foydalanish davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG