Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:55

O‘zbekiston 37 ta paxta terish mashinasi ishlab chiqardi


O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, bu yilgi paxta mavsumida ishchi kuchi kam bo‘lgan viloyatlarda 37 ta paxta terish mashinasidan foydalaniladi.

Joriy paxta mavsumida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlari paktakorlariga jami 37 ta paxta terish mashinasi ko‘maklashadi.

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxasisi Sa‘dula Aliqulovga ko‘ra, o‘tgan yili bu mashinalar sinovdan o‘tkazilgan va joriy yil ulardan terimda foydlaniladi.

- Vazirlar Mahkamasining baënnomasi bo‘lgan o‘tgan yili. O‘sha baënnomaga asosan viloyatlarga bultur o‘zimizda chiqarilgan MX-1,8 paxta terish mashinalaridan 37 ta jo‘natildi. Shundan Qashqadarë viloyatiga 16 ta jo‘natilgan, Surxondarë viloyatiga 18 ta, Navoiy viloyatiga 2 ta, Toshkent viloyatiga bitta, jami 37 ta. O‘tgan yili mana shu 37 ta paxta terish mashinasini banklar hisobidan, bank kreditlariga viloyatlarga yetkazib berildi. Mana shu texnikalar bultur ishlatib ko‘rilgan joylarda. Ularning barcha ko‘rsatkichlari aniqlanib, paxta terimida qo‘llash mumkinligi aytilgan. Bu yil mana shu texnikalar paxta terish mavsumida viloyatlarda ishlatiladi, dedi mutaxasis.

REGNUM ma‘lumotiga ko‘ra, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston paxta terim mashinalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo bo‘ylab AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turar edi.

Sa‘dulla Aliqulovga ko‘ra, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, paxta terish mashinalari ishlab chiqarish to‘xtatildi va buning o‘rniga Amerikadan zamonaviy terim mashinalari xarid qilindi.

Biroq mutaxasis bugungi kunda bu terim mashinalaridan foydalanish imkoni qolmagani uchun, O‘zbekiston o‘zining paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishga qaror qilgan.

- Mustaqillikka erishgandan keyin bizda hozirgi zamon paxta terish mashinalarini olish uchun yo‘nalish bo‘lgandi. Natijada bizlar Amerikadan CASE 2022 degan paxta terish mashinalari oldik. U gorizontal shpindl paxta terish mashinalari. Ana shu mashinalar bir necha yillar davomida paxta terishda qatnashdi viloyatlarda. Lekin hozir bularni ta‘mirlash ishlari, tayërlash ishlari bir muncha murakkab bo‘lgani uchun ulardan foydalinish imkoni qolmadi. Ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ehtiët qismlari yetkazib berish murakkab bo‘lganligi uchun ulardan foydlanilmayapti. Shuning uchun o‘tgan yildan boshlab bizlarda MX-1,8 paxta terish mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirig‘i berilgan, dedi Sa‘dulla Aliqulov.

Jizzaxdagi “Marhabo” fermer xo‘jaligi a‘zolari bu yil 22 gektar yerda paxta yetishtirayapti.

Xo‘jalik rahbari Mehri Ermatova O‘zbekistonda paxta terish mashinasi ishlab chiqarilayotgani haqidagi xabarni eshitib xursandligini yashira olmadi. Sobiq ittifoq davrida 6 yil paxta terish mashinasida paxta tergan sobiq mexnizator Mehri Ermatova terim mashinasining afzalliklari borligini va uni fermerlar uchun foydasi ko‘p bo‘lishini aytadi.

- Men bu haqda eshitmagan edim. Agar paxta terish mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa bu juda yaxshi. Fermerlar uchun katta yordam bo‘lar edi. Biz 3-4 fermer birgalikda xarid qilishimiz mumkin. Hammasiz hisob raqamimizdan pul o‘tkazamiz va terim mashinasini xarid qilamiz. Keyin o‘sha 3-4 fermer navbati bilan paxtasini terib olishi mumkin. Bu yaxshi albatta. Biroq hali bizga hech kim bu haqda gapirmadi, dedi Mehri Ermatova.

O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi mutaxasisi Sa‘dulla Aliqulov keyingi yildan boshlab paxta terish mashinalari ishlab chiqarish kengaytirilishi natijasida qo‘l kuchidan foydalanishga barham berilishi mumkinligini ta‘kidladi.

Biroq jizzaxlik fermer ayol Mehri Ermatovaga ko‘ra, paxta terish mashinasidan birinchi terimda foydalanish mumkin, keyingi terimlarda esa baribir qo‘l kuchiga ehtiyoj bo‘ladi.

O‘zbekistonda joriy yilda turli xildagi 3560 ta traktor ishlab chiqariladi. Shundan 1940 tasi g‘o‘za qator oralariga ishlov berishda foydalaniladigan “TTZ-80.11" traktori, 1140 tasi yuk tashishga mo‘ljallangan "TTZ-80.10" traktorlaridir.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qishloq ho‘jalik texnikalari xorijga ham eksport qilinada.

Jumladan, Turkmaniston joriy yil paxta mavsumida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 1000 ta qishloq xo‘jalik texnikalaridan foydalanadi.

Turkmanistonda ham xuddi O‘zbekistondagi kabi paxta asosan qo‘lda teriladi.

Shu kunlarda O‘zbekistonning barcha viloyatlarida paxta mavsumi boshlandi.

Mamlakatda o‘quv yili boshlanganiga bir hafta bo‘lmasdan oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida paxta yig‘im-terimiga safarbarlik e‘lon qilindi.
XS
SM
MD
LG