Линклар

“Ey Gulnora 4 yil oldin sen men tergan paxta haqini bermovding”.

Merseses-Bens modalar haftasi deb yozilgan bino oldida bir o‘zbek yigit ko‘tarib turgan plakatdagi yozuv bu.

O‘zbekiston xalq harakati faollari hamda bolalar huquqlari uchun kurashuvchi tashkilotlar Nyu Yorkda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Moda xaftaligida qatnashayotganiga qarshi namoyish o‘tkazishdi.

Namoyish payshanba kuni soat 12 da boshlandi deydi norozilik tadbiri tashkilotchisi O‘XH AQSh bo‘limi rahbari Isomiddin Dolimov

Dolimovga ko‘ra, o‘zbek diktatori qizining shunday obro‘li tadbirda qatnashayotgani uni tashkilotchilari uchun sharmandalikdir.

Namoyish tashkilotchilari Nyu Yorkda O‘zbekistonda paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanilishiga qarshi shiorlar bilan chiqishdi.

Shiorlarda o‘zbek bolalari Gulnora Karimovani boyitish uchun qul kabi paxta termoqda¸ Gulnora sen 4 yil oldin mening haqimni yegansan degan mazmundagi yozuvlar bor.

Isomiddin Dolimovning aytishicha Gulnora Karimovaga joy bergan modalar haftasiga qarshi piketlar juma kuni ham davom etadi.

Bu norozilik tadbirlariga AQShdagi bolalar huquqlarini himoya qiluvchi 2 ta tashkilot ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Modalar haftaligi ochilgan kuni Nyu-york post gazetasi “Qotil diktatorning qizi moda ko‘rsatmoqda” degan tanqidiy maqola e‘lon qildi.

Maqolaga ko‘ra Modalar haftaligining Gulnora Karimova tamsil qilinadigan kunida (15 sentabrda) Mexnatkashlarni himoya qiluvchi xalqaro forum katta namoyish o‘tkazadi.

Xalqaro inson huquq faollari¸ jumladan Human Rights Watch diktatorning qiziga bunday obro‘li tadbirdan joy berilishi o‘taketgan sharmandalikdir.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bugun Nyu Yorkda ochilgan Moda haftaligida o‘zining Guli brendi ostida adras, atlas, ipak va boshqa milliy matolardan tikilgan libos va taqinchoqlarini taqdim etadi.

O‘zbekistonlik taniqli rassom Slava Oxunov nazarida prezident qiziga nisbat berilgan “asar”lar bachkanalik va badiiy sayozlikning omuxtasidir.
XS
SM
MD
LG