Линклар

logo-print
O'zbekistonning "Paxtakor" futbol klubi Yaroslavlning "Lokomotiv" xokkey klubiga ularning asosiy tarkibi aviahalokatga uchragani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

- Ayni paytda "Lokomotiv" jamoasi yaqinlari hamda ishqibozlarining dardini tushunish mumkin. "Paxtakor" futbol klubi Yaroslavlning "Lokomotiv" jamoasiga o‘z hamdardligini izhor qiladi. Lekin bu bilan hayot to‘xtab qolmaydi. Umid qilamizki, ushbu xokkey klubi yaqin orada o‘z mavqeini tiklab oladi va g‘alabalar bilan o‘z muxlislarini xursand qiladi, deyiladi "Paxtakor" futbol klubi tarqatgan xabarda.

7 sentabr kuni Rossiyaning Yaroslav viloyatidan Belarusning Minsk shahriga uchib ketayotgan YaK-42 rusumidagi yo‘lovchilar samolyoti "TUnoshna" aerodromidan ko'tarilishi hamon halokatga uchragan edi. Samolyot bortida bo'lgan 37 nafar "Lokomotiv" xokkey klubining o‘yinchilaridan faqat bittasi tirik qolgan.

"Lokomotiv" xokkeychilari 8 sentabr kuni Minskda "Dinamo" klubi bilan bo‘ladigan o‘yinga ketayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida "Lokomotiv" klubida o‘ynayotgan Chexiya, Slovakiya, Shvyesiya fuqarosi bo‘lgan legionerlar ham bor.

"Paxtakor" futbol klubi uchun bu kabi achchiq fojea alami yaqindan ma'lum. 1979 yil 11 avgust sanasida Toshkentdan Minsk shahriga yo'l olgan Tu-134 rusumidagi samolyot Ukrainaning Dneprodzerjisk osmonida yuz bergan to'qnashuv natijasida halokatga uchragan edi. Samolyot bortida "Paxtakor"ning deyali to'liq asosiy tarkibi bo'lgan. Aviahalokatdan hech kim tirik chiqmagan.
XS
SM
MD
LG