Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:59

Twitter'ning 100 million faol foydalanuvchisi bor


O'zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan #UZB20 heshtegi mamlakatda Twitter mashhurligini ortishiga ozgina bo'lsa jam o'z hissasini qo'shgan edi.
O'zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan #UZB20 heshtegi mamlakatda Twitter mashhurligini ortishiga ozgina bo'lsa jam o'z hissasini qo'shgan edi.
So'nggi vaqtda tez sur'atlarda kengayib borayotgan Twitter mikroblog xizmati nihoyat o'z foydalanuchilari statistikasini e'lon qildi. Shirkat rahbari Dik Kostolo bergan ma'lumotga ko'ra, mikroblog xizmatining 100 million faol foydalanuvchisi bor va ularning kamida 50 millioni har kuni Twitterga kiradi.

Mikroblog xizmatining qariyb 200 million ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchisi borligi oldindan ma'lum edi. Biroq ularning nechtasi faol va nechtasi "o'lik" foydalanuvchi ekanligi haqidagi savol bir qator bahslarga sabab bo'layotgan edi. Dik Kostolo o'zining so'ngi intervyusida 200 million ro'yxardan o'tganlarning teng yarmi faol foydalanuvchi ekanini aytib o'tdi.

Kostolo boshqa statistik ma'lumotlar bilan ham o'rtoqlashdi. Unga ko'ra, mobil vositalar orqali Twitter xizmatiga kirganlarning soni ortib bormoqda. Bir oy mobaynida 55 million foydalanuvchi mikroblog xizmatiga mobil telefoni yoki planshet orqali kiradi. Kompyuterlar orqali Twitterga tashrif qilayotganlarning ham soni ortmoqda. Kostologa ko'ra, ayni damda Twitter veb-sayti bir oyda 400 million kompyuter orqali qilingan tashrifga ega. Yil boshida bu ko'rsatkich 250 million edi.

O'tgan oyda Twitter faol foydalanuvchilarining 60% mikro-xabarlar yozgan. 40% esa yozishdan ko'ra boshqalar yozganini kuzatishni ma'qul ko'rgan.

Bugungi kunda Twitterda besh kun ichida 1 milliard, bur kunda esa 230 million twit, ya'ni mikro-xabar yoziladi. O'tgan hafta Ayrin to'foni Nyu York shahriga tajovuz qilganda bir soniyada yozilgan twitlarning soni yangi rekord qo'ygan edi - 1 soniyada 8,900 twit.

Dik Kostologa ko'ra, yil ohirigacha Twitterga 26 million yangi foydalanuvchi qo'shilishi kutilmoqda.

O'zbekiston internet foydalanuvchilari uchun Twitter mikroblog xizmati hali ham qiziqarli emasga o'xshaydi. Chunki ayni damda Twitterdagi o'zbek foydalanuvchilarining soni juda oz. Biroq mamlakat mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlangan #UZB20 heshtegini trendga chiqarish kabi aksiyalar mikro-blog xizmatida o'zbekistonliklarning sonini oshirishi mumkin.
XS
SM
MD
LG