Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:23

"Anji" klubi Odil Ahmedovni sotib oldi


Odil Ahmedov Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi 2011 da Xitoy terma jamoasi hujumchisiga qarshi.
Odil Ahmedov Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi 2011 da Xitoy terma jamoasi hujumchisiga qarshi.
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov Rossiyaning "Anji" klubiga sotidi. Eslatamiz, shu kungacha Odil Mahachqal'aning "Anji" klubi tarkibida "Paxtakor" futbol klubidan ijara asosida o'ynayotgan edi.

"Paxtakor" rasmiylaroning xabar berishicha, Odil Ahmedov o'yinlaridan qoniqish hosil qilgan "Anji" rahbariyati "Paxtakor" klubi rahbariyati bilan uchrashdi va Ahmedovning transferi bo'yicha muhokamalar olib borishdi. Muhokamalar ijobiy yakunlanib, Odil 2015 yilgacha "Anji" jamoasining to'laqonli a'zosiga aylandi. Xabarga ko'ra, "Paxtakor" Ahmedovning transfer huquqidan ma'lum foizini o'zida saqlab qoladi. Odil Ahmedovning transferi narxi oshkora etilmadi.

"Anji" klubi bosh rahbari German Chistyakov nega uning klubi Odil Ahmedovni sotib olgani haqida aytib o'tdi. Unga ko'ra, Ahmedov oz vaqt ichida "Anji"da muhim o'rin egallay oldi va muhlislarning haqiqiy kumiriga aylanishga ulgurdi.

- Klubimizda o'ynashni boshlaganidan beri Odil dog'istonik futbol muhlislarining haqiqiy kumiriga aylandi. Buni veb-saytimizda o'tkazilayotgan so'rovlar ham tasdiqlaydi. Bu so'rovlarda Odil har doim ko'p ovoz oib keladi. U o'zining mehnatkashligi, kurashdan qo'rqmasligi, kurashni ohirigacha yetkaza olishligi bilan ajralib turadi. "Dinamo" klubiga qarshi o'tgan o'yin bunga yaqqol dalildir. Unda Odil miya chayqalishi jarohati olgan bo'lsa-da, o'yin ohirigacha maydonni tark etmadi. Bu yerda bunday zo'r irodali odamlar qadrlanadi. Shu bois ham muhlislarimiz Odilni juda hurmat qilishadi. "Paxtakor" bilan shartnoma tuzganimizga juda hursandmiz. Endi Odil yangi jamoa bilan o'sishini davom ettiradi, - deydi "Anji" bosh rahbari German Chistyakov klub veb-saytiga bergan suhbatida.

Eslatamiz, bu mavsumda Odil Ahmedov "Anji" klubining barcha rasmiy o'yinlarida qatnashdi (jami bo'lib 24 uchrashuv). Hozircha uning hisobida 1 gol bor.
XS
SM
MD
LG