Линклар

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov Rossiya Federatsiyasi prezidenti Dmitriy Medvedevga tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi.

O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmatiga tayangan holda Gazeta.uz nashrining xabar qilishicha, Islom Karimov o‘z tabrigida ikki tomonlama munosabatlar O‘zbekiston va Rossiya xalqlari manfaatlari hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash yo‘lida yanada kengayishiga umid bildirgan.

O‘zbekiston rahbari rossiyalik hamkasbiga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va mas‘uliyatli davlat lavozimida muvaffaqiyat tilagan.
XS
SM
MD
LG