Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:15

Rosstat: Rossiyaga doimiy yashashga eng ko‘p odam O‘zbekistondan kelgan


Rossiya axborot agentliklari xabariga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olishga qiziqqan sobiq sovyet respublikalari ichida O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda.

Rosstat immigratsiya haqida e‘lon qilgan ma‘lumotga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida 159 ming xorijlik Rossiyada doimiy yashashga ruxsat yoki Rossiya fuqaroligini olgan.

Immigrantlarning yarmidan ko‘pini markaziy osiyoliklar tashkil qiladi.

2011 yil birinchi yarmida O‘zbekistondan Rossiyaga 28 ming 600 kishi borgan.19 ming 900 qirg‘izistonlik Rossiya fuqaroligini olgan.

Kavkaz davlatlaridan Rossiyaga 30 ming kishi ko‘chib borgan. Ulardan 15 mingini Armaniston fuqarolari tashkil qiladi.

Uzoq xorijiy davlatlar ichida Rossiyaga doimiy yashash uchun eng ko‘p odam Xitoydan kelgan.

Joriy yil birinchi yarmida 3 ming xitoylik va bir ming 900 nafar germaniyalik Rossiyaga doimiy yashash uchun kelgan.
XS
SM
MD
LG