Линклар

Rossiyada xokkey klubi uchragan avia halokatdan omon qolgan ikki kishidan biri olamdan o‘tdi.

43 kishini hayotdan olib ketgan halokatdan omon qolgan Lokomotiv jamoasi o‘yinchisi Aleksandr Galimov o‘ta og‘ir jarohatlari bois vafot etdi.

U bilan birga omon qolgan ekipajning bir a‘zosi ahvoli ham juda og‘ir qolmoqda.

Rossiyada sevimli bo‘lgan hokkey jamoasi o‘tgan chorshanba kuni sodir bo‘lgan samolyot halokatida o‘zining 36 o‘yinchisidan ayrildi.

Shanba kuni 100 mingga yaqin odam Yaroslavl shahrida o‘z sevimli o‘yinchilari xotirasiga motam marosimini o‘tkazdi.
XS
SM
MD
LG