Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:35

O‘zbekiston vokzallarida yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tkaziladi


O‘zbekistonda temir yo‘l transportidan foydalanuvchi yo‘lovchilar va boshqalar temir yo‘l vokazallariga kirayotgan chog‘da qo‘l yuki, bagaji hamda o‘zi vakolatli organlar tomonidan tekshiruvdan o‘tkaziladi.

Bu me‘yor O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov 8 sentabr kuni imzolagan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarda belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston parlamentining quyi palatasi tomonidan 27 iyulda qabul qilingan, 26 avgustda yuqori palata tomonidan ma‘qullangan va prezident imzolashi bilan kuchga kirgan yangi qonun matnida uning “yo‘lovchilar va temir yo‘l transporti xodimlari hayoti va salomatligini himoyalash uchun” qabul qilingan.

Inson huquqlari himoyachilari O‘zbekistonda xavfsizlik choralari bu qadar kuchaytirilishini oqlaydigan tahdidlar yo‘qligini aytib keladi.
XS
SM
MD
LG