Линклар

logo-print
13 sentabr kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi OFK kubogi chorak finali doirasida Taylandda mahalliy "Chonburi" klubi mehmoni bo'ldi. Hujumlarga boy kechgan o'yinda "Nasaf" 0:1 hisobi bilan mezbonlarni dog'da qoldirdi.

Aksar sport mutahassislari "ajdarlar"ni, ya'ni "Nasaf"ni bu o'yinda favorit emasligini va durang natijaga ham ular uchun yaxshi ko'rsatkich ekanligi ta'kidlashayotgan edi. Biroq Anatoliy Demyanenko shogirdlari kubok o'yinlarida faqat g'alaba uchun maydonga chiqishini yana bir bor tasdiqlashdi.

O'yin boshidayoq maydon egalari shiddatli hujum uyushtira boshladilar. 14-daqiqada chap qanotdan jarima maydon sayin kirib borgan Pipob On Mo "Nasaf" darvozasiga aniq zarba yo'lladi. Biroq darvozabon Murod Zuhurov qiyinchilik bilan bo'lsa-da, zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi. 34-daqiqada maydonda o'zini ancha tetik his qila boshlagan qarshiliklar xavfli hujum uyushtirishdi. O'ng qanotdan Lutfulla To'rayev havolatib oshirgan to'pni Ivan Boshkovich boshi bilan darvoza sari yo'lladi, ammo "Chonburi" darvozaboni to'pni maydon tashqarishiga chiqarib yubordi.

"Chonburi"-"Nasaf" uchrashuvi "Yosh to'lqin" sahifasida jonli efirda ko'rsatildi. 27 sentabr kuni o'tadigan javob o'yinini ham bizda jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin.
Ko'p o'yinlarda murabbiyning tanaffusda o'z shogirdlariga bergan nasihatlari o'yinni tubdan o'zgartiradi. Kechagi uchrashuvda ham shunday bo'lganga o'xshaydi. "Nasaf" bosh murabbiy Anatoliy Demyanenko tanaffus vaqtida shogirdlariga bir nima dedi shekilli, o'yin ikkinchi yarmi boshidayoq qarshiliklar hisobni ochishdi. Yana o'sha Lutfulla To'rayevning markazdan oshirib bergan to'pini Boshkovich qabul qilib oldi va darvozabon bilan birga-bir vaziyatda qoldi. Bu vaziyatda darvozabonni osonlikcha dog'da qoldirgan Ivan Boshkovich o'z hisobiga OFK kubogidagi 9-go'lni yozib qo'ydi. Hisob 0:1. Bu natija o'yin ohirigacha hisob o'zgarmadi.

"Chonguri" - "Nasaf" o'yini xavfli vaziyatlarga boy o'tishi bilan birga, qo'polliklarga ham to'la bo'ldi. O'yin davomida hakam 10 marotaba sariq kartochka ko'rsatdi: 5 "Nasaf", 5 "Chonburi" oyinchilariga. Ikkala jamoadan ham bittadan o'yinchi ikkita sariq kartochka olganlari uchun o'yindan chetlatildilar: 56-daqiqada Suttinun Pxuxom (Chonburi) va 57-daqiqada Baydullayev Erkin (Nasaf).

Hozircha Qarshining "Nasaf" klubi OFK kubogi doirasidagi o'yinlarning barchasida g'alaba qozonib kelmoqda. O'ylaymizki keyingi o'yinlarda ham bu moyillik saqlanib qoladi.

Eslatamiz, Taylandda o'tgan ushbu uchrashuv OFK kubogi chorak finalining dastlabki o'yini edi. Javob uchrashuvi 27 sentabr kuni Qarshida bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvini "Yosh to'lqin" sahifasida jonli efirda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
XS
SM
MD
LG