Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:27

AQShda qashshoqlar soni ko‘paydi


AQShning aholini ro‘yxatga olish byurosi o‘tgan yilda Qo‘shma Shtatlarda qashshoqlar soni 46,2 million kishiga yetganini ma‘lum qildi.

Bu mamlakat aholisining 15,1 foizini tashkil qiladi.

Boshqacha aytganda, o‘tgan yili har olti amerikalikdan biri qashshoq bo‘lgan.

AQShda to‘rt kishidan iborat oila daromadi yiliga 22 314 dollardan kam bo‘lsa, qashshoq oila hisoblanadi.

Yakka shaxs uchun qashshoqlik darajasi yiliga 11 139 dollar qilib belgilangan.

Ayni paytda AQShda ishsizlar soni 1959 yilda ro‘yxatga olish boshlanganidan beri rekord darajaga yetdi.
XS
SM
MD
LG