Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:19

Dmitriy Medvedev Twitter trendiga aylandi


Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning Twitter saytida rasmiy sahifasi bor.
Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning Twitter saytida rasmiy sahifasi bor.
Twitter mikro-blog hizmati Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevning tug'ilgan kunida unga o'ziga hos sov'ga tuhfa etdi. Bugun prezident Medvedevning ismi Twitter dunyo trendlariga chiqdi.

200 million foydalanuvchisi borligi iddao qilinayotgan mikro-blog hizmatida 46 yoshga to'lgan Dmitriy Anatolyevichning ismi trendlar qatorida hozircha 6-o'rinda turibdi.

Prezidentning Twitter trendlariga chiqishiga unga millionlagan rossiyalik twitterchilar yo'llagan "online" tug'ilgan kun tabriklari sabab bo'lganga o'xshaydi.

Aytgancha, Dmitriy Anatolyevichning Twitterda shaxsiy sahifasi bor. O'z sahifasini prezident janoblari 2010 yili Kaliforniya shtatidagi Twitter qarorgohiga tashrif buyurganda ochgan edi. Ayni damda @MedvedevRussia ga 300 mingdan ziyod kishi "obuna" bo'lgan.

Dmitriy Medvedev Twitter dunyo trendiga chiqgan birinchi rossiyalik emas. Uundan oldin Tver viloyati gubernatori Dmitriy Zelenin va aktyor Ivan Oxloibstinlar trendlar qatoridan joy olishgan edi.

Eslatamiz, "trend" bu Twitter saytida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu. Biror bir mavzu mikro-blog trendiga chiqishi uchun uni millionlagan foydalanuvchi muhokama qilishi kerak.
XS
SM
MD
LG