Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:03

GULI kolleksiyasining moda haftaligidan olinishi Andrey Malaxovni g'azablantirdi


Rossiyalik taniqli jurnalist Andrey Malaxov dizayner Gulnora Karimova ijodiga mansub GULI moda tomoshasining Nyu York moda haftaligi dasturidan olinishiga o'z e'tirozini bildirdi.

Malaxov o'zining Twitter sahifasida yozishicha, u O'zbekiston prezidenti to'ng'ich qizi Gulnora Karimova bilan shaxsan tanish va uni O'zbekistonning eng loyiq elchisi deb biladi. "Modani siyosat bilan adashtirganaliriga ming afsus", - deb o'z fikrini tugatadi jurnalist.

- Bolalar mehmatining bunga nima aloqasi bor? Men Gulnora bilan shaxsan tanishman va o'ylaymanki u o'z mamlakatining eng loyiq elchisi. Modani siyosat bilan adashtirganlariga ming afsus, - deydi aslida ko'p gapiradigan, biroq Twitterda oz yozishga majbur Andrey Malaxov.

Taniqli jurnalist so'zlariga qoshilganlar orasida taniqli qo'shiqchi ham bo'ldi. Rossiya estradasi yulduzi, mashhur Alla Pugachyovaning sobiq yostiqdoshi Filip Kirkorov o'zining Twitter sahifasida Malaxov mikro-xabariga javob yozdi.

- Bunday qilish adolatdan emas! Bir tarafdan bu yaxshi, chunki har qanday to'siqlik insonni yanada ko'proq ijod qilishga intiltiradi! Menda ham huddi shunday bo'lgan!, -deydi Kirkorov o'z tvitida.

Malaxov va Kirkorov so'zlariga qo'shilganlar bilan birga bir qator ular bilan bahslashgan ham ham bo'ldi.

Eslatamiz, Gulnora Karimova ijodi mahlusi bo'lmish GULI moda kolleksiyasi New Yorkda o'tayotgan moda haftaligi dasturidan olib tashlangan edi. Bunga O'zbekistondagi paxta dalalarida bolalar mehnati muammosi haqida bong urayotgan inson huquqlari tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining moda haftaligi tashkilotchilariga o'tkazgan bosimi sabab bo'ldi.

GULI kolleksiyasining Bahor-Yoz 2012 kolleksiyasi Nyu York shahrining Linkoln markaziga o'tishi rejalashtirilgan edi. So'ngi xabarlarga ko'ra, Gulnora Karimova ijodi ko'rgazmasi Cipriani restoraniga ko'chirilgan.
XS
SM
MD
LG