Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:59

Andijonda paxtaga yuborilgan talaba o‘ldirildi


Har yil kuzda o‘zbek talabalari o‘quv zallarini qo‘yib¸ paxta dalalarini to‘ldirishadi.
Har yil kuzda o‘zbek talabalari o‘quv zallarini qo‘yib¸ paxta dalalarini to‘ldirishadi.
Ozodlik manbalariga ko‘ra¸ Andijon univyersitetining 1-kurs talabasi 4-kurs yigitlaridan yegan kaltagidan jon bergan.

Andijon davlat univyersiteti qoshidagi Tarix fakultetining birinchi kurs talabasi paxta terimida vafot etdi. Bu haqda Ozodlikka xabar bergan andijonlik huquq faoli Jahongir Qosimovning aytishicha, bu voqea Andijon davlat univyersitetining Tarix fakulteti talabalari paxta terayotgan joy - viloyatning Ulug‘nor tumanida dushanba kuni ro‘y bergan:

- Andijon davlat univyersiteti Tarix fakulteti talabalarini Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida Ovulmat qishlog‘i 14 maktabda yotoqqa paxtaga borishgan ekan. Shu yerda birinchi kurs talabasi, ism-familiyasi aniqlangani yo‘q hali, lekin Jalolquduq tumanidan ekan, shuni to‘rtinchi kurs talabalari armeyskiy dedovshina kabi, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida birinchi kurs talabalarini yuqori kurs tomonidan majburlab ishlatish, pul talab qilish holati borda, shu vaqtda ommaviy kaltaklagan bir talabani. Shu bolaning oshqozoniga og‘ir jarohat yetib olamdan o‘tibdi.

Ozodlik: Qaysi kun bo‘lgan bu voqea?

- 12 sentabr kuni kech soat 10-11 orasida bo‘lgan. Yetti kishi kaltaklagan ekan. Shu fakultet dekani Alisher aka Mamajonov, uning o‘rinbosari hozir hibsda ekan.

Ozodlik: Bu xabar qanchalik aniq va ishonchli?

- Aniq. Hozir tekshirilayapti bu aniq manbalardan. U tuman viloyat markazidan 70 kilometr olisdaligi uchun borishga imkon bo‘lmadi. Ertaga yoki indinga borishga harakat qilib ko‘ramiz. Shu voqeadan keyin o‘rniga odam qo‘yib ketganlar paxtaga borib yoki pul berib domlalar bilan gaplashganlarning hammasi chaqirtirilayapti ekan. Prokuratura tekshirayotgani uchun bu ishni bolalarni o‘rniga qo‘yish uchun tekshiruv o‘tkazilayapti ekan. Paxtadan o‘rta hisobda 200 dollardan 400 dollargacha gaplashilib qolingan, deydi Jahongir Qosimov.

Andijon davlat univyersitetining ismini oshkor etmagan o‘qituvchilaridan biri Ozodlik bilan suhbatda paxta terimida talabaning vafot etganligi faktini tasdiqladi. Biroq o‘qituvchiga ko‘ra, talaba kaltak zarbidan emas, balki yurak xuruji oqibatida vafot etgan:

- Qaysi kunligi edimda yo‘g‘u, tarix fakultetida bo‘libdi. Qayerligini bilmayman. Mening eshitishimga qaraganda¸ yurak kasalligi bor ekanda. Paxta terayotgan paytda nafas yetmasdan, nafas ololmasdan vafot etgan ekan. Yurak klapanlarni bekilib qolibdida. Nafas ololmasdan o‘tib qolibdi u bola. Mening bilganim mana shu. Yana bir gapni aytishdi. Amakisi viloyat kasalxonasida ishlar ekan. Meditsina ekspertizasi bo‘lar ekanku. O‘shanaqaga o‘sha amakisini olib kelishibdi. O‘zi ekspertiza o‘tkazibdi. Siz aytayotgan “To‘rtinchi kurs talabalari uribdi, so‘kibdi” degan gaplar asossiz, deydi ismini oshkor etmagan Andijon davlat univyersiteti o‘qituvchisi.

Ozodlik manbalari hozirda vafot etgan talabaning shaxsini aniqlash¸ hamda fojia tafsilotlarini kengroq o‘rganishga harakat qilmoqda.

O‘zbekistonda paxta mavsumida yig‘im-terimga ommaviy ravishda jalb etiladigan viloyatlardagi maktab o‘quvchilari va talabalar orasida o‘z joniga qasd qilish¸ mushtlashuv yoxud xastalik oqibatida vafot etish hollari har yili kuzatiladi.
XS
SM
MD
LG