Линклар

Server Jeparov "Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi" unvoniga nomzod


O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov to'p uchun kurashmoqda. Osiyo kubogi 2011, Qatar.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov to'p uchun kurashmoqda. Osiyo kubogi 2011, Qatar.

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Server Jeparov yana bir bor Osiyo bo'yicha yilning "eng yaxshi o'yinchisi" maqomiga loyiq topilgan futbolchilarning dastlabki ro'yxatidan joy oldi.

OFK tuzgan ushbu ro'yxatda Server bilan birga yana 14 futbolchi bu ulug' unvonga da'vogarlik qilishmoqda.

Esingizda bo'lsa, ayni damda Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubida faoliyat ko'rsatayotgan Server Jeparov 2008 yili "Osiyoning eng yaxhsi o'yinchisi" unvonini qo'lga kiritgan edi. Biroq aksar futbol tahlilchilarining bashoratiga ko'ra, bu safar Jeparovning imkoniyatlari boshqalarnikiga qaraganda ozroq.

FIFA tahminlariga ko'ra, Yaponiya terma jamoasi a'zolari Keysuke Xonda va Takashi Inuilar bu yili qit'aning "eng zo'r"i unvoni uchun asosiy da'vogarlar bo'lishi mumkin. Eslatamiz, ularning ikkalasi ham Yaponiyaning 2011 yilgi Osiyo kubogini qo'lga kiritishiga katta hissa qo'shishgan.

OFKning "2011 yil Osiyo eng yaxshi futbolchisi" unvoniga loyiq o'yinchilarning dastlabki ro'yxati quyidagicha:

  • Deng Juksiang (Xitoy)
  • Farhad Majidi (Eron)
  • Firas Al Xatib (Suriya)
  • G'asem Hadadifar (Eron)
  • Xa Taye-gun (Janubiy Koreya)
  • Hadi Ag'ili (Eron)
  • Hasan Abdel Fattah (Iordaniya)
  • Ismail Matar (BAA)
  • Keysuke Xonda (Yaponiya)
  • Ku Ja-cheol (Janubiy Koreya)
  • Mohammed Nur (Saudiya Arabistoni)
  • Server Jeparov (O'zbekiston)
  • Takashi Inui (Yaponiya)
  • Yeom Ki-xun (Janubiy Koreya)

Xabarlarga ko'ra, dastlabki ro'yxat kelasi oy yana bir bor ko'rib chiqiladi va da'vogarlarning soni qisqartilishi mumkin. Osiyoning 2011 yilgi eng yaxshi o'yinchisi 27 noyabr kuni Kuala Lumpurda e'lon qilinadi.

"Yosh to'lqin" tahririyati Server Jeparovning 2011 yilgi Osiyo kubogida O'zbekiston terma jamoasi safida ko'rsatgan mahorati tushiriligan videolavhani e'tiboringizga havola etadi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG