Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:36

Gulnora Karimova shousi piket qilinmoqda


Gulnora Karimova moda ko'rgazmasini piket qilayotganlar.
Gulnora Karimova moda ko'rgazmasini piket qilayotganlar.
Piketchilar O‘zbekistonda inson haqlari toptalishi va majburiy bolalar mehnatiga norozilik bildirmoqda.

Nyu York Moda haftaligining rasmiy tomoshalari o‘tayotgan Linkoln markazi¸ hamda ko‘rgazmadan mosuvo qilingan Gulnora Karimovaning liboslari taqdim etiladigan Manhetten markazidagi Cipriani restorani oldida 15 sentabr kuni O‘zbekistondagi inson haqlarining rejim tomonidan muttasil oyuq osti qilinishi va majburiy bolalar mehnati qo‘llanishidan norozi tashkilot namoyandalari to‘plandi.

Norozilik tadbiri tashkilotchilari Xalqaro mehnat haqlari forumi, Xalqaro o‘qituvchilar federatsiyasi hamda O‘zbekiston Xalq harakatining AQSh dagi faollaridir.

- Hozir biz ikki guruhga bo‘linganmiz. Bir guruh Linkoln markazi oldida, yana biri Cipriani restorani oldida namoyish o‘tkazyapti.

Men turgan Linkoln markazi oldida hozir 15tacha odam bor. Bizning tashkilotimizdan tashqari bu yerga O‘qituvchilar xalqaro forumi hamda mehnatkashlar huquqini himoya qiluvchi tashkilot vakillari bellariga etak taqib, paxta ortilgan qoplarni ko‘tarib, xuddi O‘zbekistondagi manzarani, ya‘ni majburiy bolalar mehnatini tasvirlab berishga harakat qilishyapti.

Bu qo‘llarimizda ko‘targan plakatlarda ham aks etgan¸ deydi Nyu York vaqti bilan tonggi soat 10larda Ozodlik muxbiri bilan suhbatlashgan O‘zbekiston Xalq harakatining AQSh bo‘limi rahbari Islomiddin Dolimov.


(Islomiddin Dolimov bilan suhbat)

Xalqaro mehnat haqlari forumi Cipriani restoranlar tarmog‘i egalarini, 15 sentabrga belgilangan O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ichi Gulnora Karimova moda kolleksiyasi namoyishi uchun zalni bermaslikka chaqirgan edi.

Noroziliklarga qaramay Nyu Yorkdagi Moda haftaligidan quvilgan o‘zbek diktatorining qizi Gulnora Karimova tomoshasi 15 sentabr kuni Manhetten markazidagi Cipriani restoranida o‘tkazilishi bildirildi.

Nyu Yorkdagi Moda haftaligi tashkilotchilari huquq himoyachilari bosimi ostida Gulnora Karimovaning Guli kolleksiyasi namoyishini dasturdan olib tashlashi ortidan o‘zbek diktatorining qizi o‘z shousini xavfsizlik nuqtai nazardan boshqa joyda o‘tkazganini bildirgan edi.
XS
SM
MD
LG