Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:24

Jahon banki O‘zbekiston tibbiyoti uchun 93 million dollar ajratdi


16 sentabr kuni Jahon banki bilan O‘zbekiston hukumati o‘rtasida "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish uchun" 93 million AQSh dollari ajratish to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.

Uzdaily.uz saytiga ko‘ra, Jahon bankining ushbu mablag‘i O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasini ravnaq toptirish, asosan, qishloq joylarida tibbiy xizmatni yaxshilash maqsadlari uchun ajratilgan.

O‘zbekiston 1992 yil Jahon bankiga a‘zo bo‘lgan.

Ayni paytda O‘zbekistonda Jahon bankining 630 million AQSh dollari miqdoridagi 10 ta loyihasi amalga oshirilayapti.
XS
SM
MD
LG