Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:48

Liviyada janglar davom etmoqda. Yangi hukumat e‘lon qilinganicha yo‘q


Hokimiyatdan ag‘darilgan Liviya sobiq yetakchisi Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar poytaxt Tripolidan 140 kilometr janubi-sharqdagi Bani Valid shahri yaqinida yangi hujumlar amalga oshirayotganlarini aytmoqda.

Qaddafiyga qarshi kuchlar ham sobiq rejim tarafdorlarining istehkomlaridan biri va Qaddafiyning ota shahri Sirtni ishg‘ol qilish urinishlarini kuchaytirayotganini aytmoqda.

Ayni paytda Liviya muvaqqat yetakchilar yangi hukumat tarkibini e‘lon qilish qoldirilganini aytmoqda. Frans Press agentligi O‘tish davri milliy kengashidagi ikkinchi shaxs hisoblanmish Mahmud Jabrilning so‘nggi daqiqalarda chiqqan baxs bois bu yuzadan qaror chiqarish “noma‘lum muddatga” qoldirildi, degan so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
XS
SM
MD
LG