Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:34

O'zbekistonlik bilimdonlar ikkinchi o'rinni egallashdi


"Nikita Mobayl TT" jamoasi.
"Nikita Mobayl TT" jamoasi.
O'zbekistonlik "Nikita Mobayl TT" bilimdonlar jamoasi Odessada o'tkazilgan taniqli "Nima? Qayerda? Qachon?" intellektual o'yini bo'yicha jahon chempionatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Birinchi o'rin ushbu o'yinda dong'i ketgan Maksim Potashevning jamoasiga nasib etdi.

"Nima? Qayerda? Qachon?" o'yini ("Что? Где? Когда?") shu nomli mashhur tele-o'yin tarzida olib boriladi va unda bilimdonlar jamoalari oldindan tayyorlangan savollarga qisqa muddat ichida javob izlashadi. O'zbekistonda ko'plar tarafidan tomosha qilinadigan "Zakovat" intellektual o'yini ham huddi shu formatda o'tadi.

Odessada o'tgan ushbu chempionatda O'zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Rossiya va Ukrainadan kelgan 50 jamoa o'zaro bellashishdi. Chempionat ikki kun davomida o'tdi va shu vaqt ichida jamoalar 108 savolga zavob berishlari kerak edi.

Natijalarga ko'ra, birinchi o'rin Maksim Potashev jamoasiga (Rossiya) nasib etdi. Ikkinchi o'rinni Rustam Said-Aminov yetakchiligidagi O'zbekiston jamoasi egalladi. Uchinchi o'rin esa Anton Gubanov jamoasiga (Sankt-Peterburg) tegdi.

Eslatamiz, O'zbekiston sharafini himoya qiluvchi "Nikita Mobayl TT" bilimdonlar jamoasi intellektual o'yinlar bellashuvlarida faol qatnashishadi. 2010 yili bu jamoa "Nima? Qayerda? Qachon?" o'yini bo'yicha jahon chempionatida birinchi o'rinni egallagan edi. Jamoa safida taniqli bilimdon Aleksandr Druz ham bor.
XS
SM
MD
LG