Линклар

Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillari xaridorgirligi bo‘yicha Lada va Hyundai mashinalaridan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Qncepto konsalting kompaniyasi ma‘lumotiga ko‘ra, o‘tgan avgust oyida Qozog‘istonda eng xaridorgir avtomobillar ro‘yxatida Neksiya birinchi o‘rinni, Matiz esa o‘n birinchi o‘rinni egallagan.

Birgina avgust oyining o‘zida Qozog‘istonda GM Uzbekistanning 447 ta avtomobili sotilgan.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar Qozog‘istondan tashqari Rossiyada ham xaridorgir hisoblanadi.

"Avtostat" agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, ayni paytda Rossiyada GM Uzbekistan mashinalari xaridorgirligi bo‘yicha Toyota kompaniyasi avtomobillaridan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Rossiyada O‘zbekistonning Neksiya mashinasi savdo hajmi bo‘yicha birinchi o‘nlikdan joy olgan.

O‘zbekiston Davlat Statistika qo‘mitasi e‘lon qilgan ma‘lumotlarga ko‘ra¸ GM Uzbekistan O‘zbekiston-AQSh qo‘shma korxonasi 2011 yilning birinchi yarmida 106 334 dona avtomobil ishlab chiqargan va bu o‘tgan yilning ayni davriga nisbatan 4¸2 foiz ko‘proqdir.
XS
SM
MD
LG