Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:01

Julian Assanj shaxsiy narsalarini auksionga qo'ydi


WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj uy qamog'ida.
WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj uy qamog'ida.
AQSh diplomatik dunyosini ontar-to'ntar qilib yuborgan WikiLeaks veb-sayti moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganga o'xshaydi. Chunki veb-sayt asoschisi Julian Assanj kuni kecha eBay.com sayti orqali "fundraising", ya'ni iona yig'ish tadbirini boshlab yubordi.

Endi hohlagan inson WikiLeaks asoschisi Julian Assanjga tegishli bo'lgan shaxsiy narsalarni eBay internet auksionida sotib olishi mumkin.

Auksionda jami bo'ib o'nta narsa sotuvga qo'yilgan. Ularning eng qimmati bo'lmish noutbuk kompyuteriga 9,5 ming AQSh dollariga teng boshlang'ich narx so'ralmoqda. eBay saytiga ko'ra, bu kompyuter AQSh diplomatlarining mahfiy yozishmalarini internetga joylashda asosiy qurol sifatida ishlatilgan.

Sotuvga qo'yilgan narsalar orasida Julian Assanjning imzo qo'yilgan fotosurati ham bor. Uning boshlang'ich narxi 950 AQSh dollari.

Eslatamiz, WikiLeaks sayti orqali amalga oshirilayotgan hayriya yig'ish tadbiri PayPal, Visa va MasterCard kabi shirkatlarning Julian Assanj va WikiLeaks bilan hamkorlikdan bosh tortganligi tufayli qiyinlashib qolgan edi.

Julian Assanjning o'zi ayni damda Buyuk Britaniyada uy qamog'ida ushlab turilmoqda. U Shvetsiyaga ekstraditsiya qilinishi bo'yicha sud natijasini kutayapti. Shvetsiyada uni jinsiy jinoyatlarda ayblashmoqda.

WikiLeaks sayti AQSh diplomatlarning minglagan mahfiy yozishlamarini keng ommaga oshkor qilgan edi. Ular orasida O'zbekistonga taalluqli hisobotlar ham bo'lgan.
XS
SM
MD
LG