Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:25

"Smaylik" necha yoshdaligini bilasizmi?


Kuling! Umringiz uzoq va rang-barang bo'ladi :) (Wewiorka Wagner surati)
Kuling! Umringiz uzoq va rang-barang bo'ladi :) (Wewiorka Wagner surati)
Internetda muloqot payti fodalaniladigan “smaylik”, ya‘ni tabassum belgisi ixtiro qilinganiga bugun 29 yil to‘ldi.

Jilmaygan yuz aks etgan sariq rangdagi ushbu dumaloq belgi 1982 yilning 19 sentabrida AQShning Pittsburg shahrida istiqomat qiluvchi ruhshunos Skott Falman tarafidan internet forumida ilk bor ishlatilgan.

Internetdagi matnning har doim ham emotsional tusga ega bo'lmasligi Skott Falmanni "smaylik"ni ixtiro qilishga undagan.

- Xazilomuz yozishmalarda quyidagi mantiqiy belgilarni ishlatishni tavsiya etaman: :-) Uni yonboshidan o'qish lozim. So'nggi voqealardan kelib chiqgan holda, xazilomuz EMAS bo'lgan yozishmalarni ham ajratish o'rinli bo'lar edi. Bunuing uchun quyidagi belgilardan foydalaning: :-(, deb yozgan edi elektron tabassum ixtirochisi.

Falman boshida atigi ikkita belgi tavsiya etgan edi. Bugungi kunda esa odamning har xil emotsiyalari aks etgan 100 dan ortiq belgi tarmoqda mavjud.

Internet fodalanuvchilari o‘z vaqtlarini tejash uchun u yoki bu yozishmaga javob qilganda ana shu belgilarni qo‘llashadi. Mobil telefonlari ixtirosi bilan "smaylik"lar SMS xatlarda ham keng qo'llana boshladi.

Skott Falmann bundan chorak asr muqaddam ilk bor “smaylik” belgisini ixtiro qilganida uning bu qadar ommalashishini hatto xayoliga ham keltirmagan.
XS
SM
MD
LG