Линклар

logo-print
London Olimpiya o‘yinlari 3-saralash bosqichining 1-turi doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iroq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin 21 sentabr kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Shu kuni O‘zbekiston bilan bir guruhda to‘p bo‘lgan Ummon terma jamoasi Janubiy Koreya jamoasi bilan kuch sinashadi.

11 sentabr kuni Toshkentda O‘zbekiston va Ummon terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston olimpiada jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Mehmonlar darvozasiga javobsiz to‘pni Temurxo‘ja Abduxoliqov kiritgan.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG