Линклар

Pokiston sudi Facebook ijtimoiy tarmog'ini "diniy nafratni qo'zg'aganlik"da ayblab, mamlakat ichida to'sib qo'yish qarorini chiqardi. Bu haqda Pakistan Today axborot agentligi xabar bermoqda.

Qaror Facebook tarmog'i bilan birga bir qator veb-saytlarni ham o'z ichiga oladi.

Sud ushbu qaror ijrosini Pokiston hukumati zimmasiga yukladi. Hukumat 6 oktabrgacha saytlarni to'sib qo'yilganligi haqida hisobot berishi kerak.

Xabarga ko'ra, sudning bu qaroriga Facebookni Pokistonda batamom yopib qo'yish g'oyasini ilgari surgan arznoma sabab bo'lgan. Arznoma muallifi yurist Muhammad Ajar Siddiqning aytishicha, Facebookda so'z erkinligi bahonasidan foydalanib payg'ambar Muhammad Alayhissalomning chizilgan karikaturalari targ'ib qilinmoqda va hatto ular orasida ochiq konkurslar uyushtirilmoqda.

Eslatamiz, Facebook Pokistonda 2010 yil bahorida to'sib qo'yilgan edi. Bunga "Everybody Draw Muhammad Day!" (Barcha Muhammadni Chizsin kuni) guruhining tarmoqda ochilishi sabab bo'lgan edi. Guruh tarmoqda yopilganidan so'ng Pokiston sudi qarori bilan Facebookga qo'yilgan to'siq olib tashlangan.
XS
SM
MD
LG