Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:04

Turkiya hukumati bezorilik qilgan futbol muxlislarini antiqa tarzda jazolamoqda


Eng ashaddiy futbol ishqibozlari qaysi mamlakat fuqarolari ekanligini bilasizmi? Futbol muxlislari albatta bu savolga Angliya, Rossiya va Turkiya deb javob berishi bejiz emas.

Aynan shu mamlakatlarda muxlislarning futbol o'yinlarida berzoriliklar uyushtirishi, fan-klublar orasida janjallar chiqishi tez-tez uchrab turadi. Ushbu xabarimiz ana shunday futbol bezorilariga qarshi kurashda Turkiya hukumatining topgan qiziq usuli haqida bayon etadi.

Turkiya Futbol Assotsiatsiyasi chiqargan yangi qarorga ko'ra, muxlislari stadionda bezorilik uyushtirgan jamoalarning keyingi o'yinlariga erkak muxlislar kiritilmaydi. Ular o'rniga ayollar va 12 yoshgacha bo'lgan bolalar stadionga bepul kirish huquqiga ega bo'lishadi.

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Bu qaror ilk marotaba 20 sentabr kuni "Fenerbaxche" - "Manisaspor" jamoalari o'yinida ijro etildi. "Fenerbaxche" jamoasi tartib-intizom qo'mitasi tarafidan jarimaga tortilgani sabab, Istanbulda o'tgan ushbu o'yinni tomosha qilgani qariyb 41 ming ayol va yosh bolalar stadionga keldi.

Xabarga ko'ra, stadionga kirish oldida muxlislarni ayol politsiyachilar kutib oldi. O'yin boshlanishi oldidan esa futbolchilar tribunaga gullar uloqtirishib, o'z muxlisa va muxlischalarini kutib olishdi.

Eslatamiz, Turkiya futbolining yetakchi jamoalaridan biri "Fenerbaxche" klubi muxlislari joriy yilning iyul oyida Ukrainaning "Shaxtyor" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida bezoriliklar uyushtirishib, o'yinni to'xtatib qo'yishgan edi.
XS
SM
MD
LG