Линклар

Eng yosh milliarderlari, Facebook tarmog'i asoschisi Mark Zukerberg AQShning eng boy 400 insoni ro'yxatida bu yil 21 pog'ona yuqoriladi.

Forbs jurnali tuzgan ushbu ro'yxatning 2011 yilgi sonida Zukerbergning boyligi o'tgan yilga nisbatan 6,9 milliardan 17,5 milliard AQSh dollariga oshgani aytiladi.

Shunday qilib, 27 yoshli Facebook asoschisi Amerikaning eng boylari orasida 14-o'rinni egalladi.

Eng boylar ro'yxatining o'tgan yili sonida ham Zukerberg katta qadam bilan yuqoriga ko'tarilgan edi. 2010 yili Markning boyligi 245 foizga oshgan va 158-o'rindan 38-o'ringa yuqorilagan edi.

Forbs jurnaliga ko'ra, AQShning eng boylari ro'yxatida Microsoft shirkati asoschisi Bill Geyts yetakchilik qilmoqda. Uning 2011 yildagi boyligi 59 millard dollarni tashkil etgan. Ikkinchi o'rinda taniqli sarmoyador Uorren Baffet (59 milliard), uchinchi o'rinda esa Oracle shirkati rahbari Larri Ellison (33 milliard) egalladi.

Qiziqarlisi shuki, Facebook ijtimoiy tarmog'iga asos solganlarning deyarli barchasi ushbu ro'yxatdan joy oldi (Kris Hyuesdan tashqari): Dastin Moskovitz (3.5 milliard, 91-o'rin), Shon Parker (2,5 milliard, 200 o'rin) va Eduardo Saverin (2 milliard, 212-o'rin).

Eslatamiz, Mark Zukerberg Facebook ijtimoiy tarmog'iga 2004 yili 20 yashar chog'ida do'sti Eduardo Saverinning moliyaviy yordami bilan talabalar yotoqxonasida turib asos solgan edi.

Time nashri 2010 yili Markni "yilning eng mashhur insoni" deya e'lon qilgan edi.
XS
SM
MD
LG