Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:10

"Afrosiyob" poyezdiga nima bo‘ldi?


Mutaxassislar ta‘kidicha¸ tezyurar poyezd sotib olishdan oldin¸ ular tezligiga dosh beradigan bexatar yo‘llar tizimi qurish lozim....
Mutaxassislar ta‘kidicha¸ tezyurar poyezd sotib olishdan oldin¸ ular tezligiga dosh beradigan bexatar yo‘llar tizimi qurish lozim....
21 sentabr kuni Toshkentdan Samarqandga ketayotgan yangi tezyurar "Afrosiyob" poyezdida texnik nosozlik yuz berdi va reys bekor qilindi.

Bu haqda o‘z manbalariga tayangan holda xabar tarqatgan Uzmetronom.som saytiga ko‘ra, Sirdaryo hududida soatiga 190 kilometr tezlikda ketayotgan pozedning pantografi ishdan chiqqach, reys bekor qilingan. Shu kuni poyezd yo‘lovchilari boshqa transportlar orqali manzillariga yetib olishga majbur bo‘lganlar.

Poyezdda kelib chiqqan nosozlik oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmagani aytilmoqda.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" tashkilotining Ozodlik muxbiri bog‘langan o‘zini tanishtirmagan xodimi¸ "Afrosiyob" poyezdidagi nosozlikdan xabari yo‘qligini bildirdi.

Xabarlarga ko‘ra, nosozlik paytida "Afrosiyob" poyezdini ispan haydovchisi boshqarayotgan bo‘lgan.

Mamlakat mustaqilligining 20 yilligi arafasida O‘zbekiston o‘zining ilk tezyurar poyezdiga ega bo‘ldi.

38 million yevroga Ispaniyadan sotib olingan “Talgo-250” yangi poyezd joriy oy boshidan poytaxt Toshkent va Samarqand shaharlari orasida qatnay boshladi.

Jami 257 yo‘lovchiga mo‘ljallangan sakkizta vagonida VIP o‘rinlariyu restoranlari bor bu poyezdning maksimal tezligi - soatiga 250 kilometrni tashkil etishi va Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan 344 km masofani maksimum 2 soat ichida bosib o‘tishi kerak edi.

Bu tezlikni taminlash uchun O‘zbekiston Temir Yo‘llari davlat shirkati Jizzaxdan Dashtobodgacha bo‘lgan 59 kilometrlik va Dashtoboddan Yangiyergacha bo‘lgan 34 kilometrlik yo‘l qaytadan ta‘mirlab, zamonaviylashtirdi, poyezd yo‘li bo‘yiga Toshkentdan Samarqandga qadar simto‘r tortdi.

“Uzmetronom” nashrining yozishicha, “Afrosiob” deb nom berilgan yangi tez yurar poyezdi Toshkentdan Samarqandgacha bo‘lgan masofani 2 soatu 45 daqiqada bosib o‘tgan va qimmatbaho tezyurar poyezd tezligi o‘rtacha soatiga 125 kilometrni tashkil qilgan.

“Butun yo‘l davomida poyezd faqat bir marta tezlikni soatiga 220 kilometrga oshirdi va bu atigi bir minutcha davom etdi. Bu paytda temir yo‘l atrofini chang-to‘zon qopladi, yo‘lovchilar oldidagi choylar to‘kilib ketdi”, deb yozdi “Afrosiob” poyezdining ilk reysida Toshkentdan Samarqandga borgan Uzmetronom muxbiri.

Toshkentdan Samarqandgacha oddiy poyezdda 3¸5 soatda¸ kamida uch baravar arzonga borish mumkin bir paytda¸ Ispaniyadan sotib olingan yangi tezyurar poyezdning yo‘lovchilar vaqtini bir yarim soatga tejashi aytilayotgan edi.

Lekin poyezd O‘zbekiston yo‘lida yurishni boshlaguncha va‘da qilingan tezlik qani? O‘zbekiston Temir Yo‘llari davlat shirkatidagilar bu va tezyurar poyezd bilan bog‘liq boshqa savollardan o‘zini olib qochdi.

Shirkat matbuot vakili Haydarali Mamadaliyev Ozodlik muxbiri savollariga faqat yozma javob berishini bildirdi¸ ammo va‘da qilingan javoblar¸ oradan 24 soat o‘tib ham olingani yo‘q.

Toshkent va Samarqand o‘rtasida qatnaydigan “Afrosiob” yangi tezyurar poyezdi Ispaniyaning TALGO zavodida ishlab chiqarilgan.

TALGO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2009 yilda imzolangan oldi-sotdi bitimiga muvofiq, ikki yangi poyezd va ularning ehtiyot qismlari qiymati 38 million yevroga baholangan.

TALGO shirkati vakillari O‘zbekistonga sotilgan poyezd nimaga aytilgan tezlikda yurmayotgani sabablarini o‘rganib, keyin javob qilishlarini aytishdi.

- Soatiga 125 kilometr tezlik TALGO poyezdi uchun tezlik emas. Nimaga bunday bo‘lganini o‘rganib, keyin javobini aytamiz. Bu bizning imidjimiz uchun yaxshi bo‘lmagan xabar, dedi TALGO shirkati matbuot vakili Karlos Moratinos.

O‘zbekiston bilan erishilgan bitimga ko‘ra, TALGO shirkati poyezd xarid qilinganidan keyin 51 oy davomida paydo bo‘lgan nuqsonlarini bartaraf etishni zimmasiga olgan.

O‘zbekistonlik temir yo‘lchilar va texnik xodimlar "Afrosiyob"ni boshqarish va ta‘mirlash uchun Ispaniyada - TALGO zavodida malaka oshirdilar.

“Afrosiob” poyezdi taqdimotida qatnashgan ispaniyalik jurnalist Lyusi Rozes fikricha, tezyurar poyezdlar tarmog‘iga endi ega bo‘layotgan O‘zbekistondek davlatda dastlabki bosqichda nuqsonlar paydo bo‘lishi tabiiy hol.

- Bu yerda odamlar xavfsizligi ham e‘tiborga olinishi kerak. Odamlar hali katta tezlikka o‘rganmagan. Mamlakat tezyurar poyezdlar tarmog‘ini yo‘lga qo‘yishda hali endi qadamlarni tashlamoqda. O‘ylaymanki¸ bu muammolar vaqtinchalik, deydi Rozes.

TALGO 70 yildan ko‘proq vaqt davomida turli rusumdagi poyezdlar ishlab chiqaradi. Hozirgi kunda sobiq Sovyet o‘lkalari bu shirkat mahsulotlarining asosiy xaridori hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG