Линклар

logo-print

Bahs maydoni: O‘zbekistonda ishlayman deganga ish bormi?


Rus matbuotiga ko‘ra¸ bugun birgina Sochidagi qurilishlarda 2500 dan oshiq o‘zbek muhojiri ishlamoqda¸ ularning ko‘pi oliy ma‘lumotli odamlar...

Rus matbuotiga ko‘ra¸ bugun birgina Sochidagi qurilishlarda 2500 dan oshiq o‘zbek muhojiri ishlamoqda¸ ularning ko‘pi oliy ma‘lumotli odamlar...

Biri O‘zbekiston ichkarisi¸ ikkinchisi Rossiyada usta-quruvchilik qilib yurgan ikki o‘zbekistonlik shu savol atrofida bahslashadi.

Norasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondan tashqarida mavsumiga qarab 5 milliondan 8 million nafargacha mehnat muhojiri borligi aytiladi.

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining asosiy qismi Rossiya va Qozog‘istonga ish izlab boradilar. Mehnat muhojirlari asosan bahorda ketib, qish fasli yaqinlashishi bilan O‘zbekistonga qaytadilar.

Biroq, Rossiya va Qozog‘istonda yillab ishlab qolayotgan mehnat muhojirlari ham talaygina.

“Erkin mikrofon”ning avvalgi eshittirishlarining birida, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanidan bog‘langan sobiq televizor ustasi G‘ayratjon Qo‘ldoshev “O‘zbekistonda ish yo‘q” deganlarga e‘tiroz bildirgan edi.

G‘ayratjonning aytishicha, “qo‘lidan ish keladigan odamga hamisha O‘zbekistonda ish bor. Qo‘lidan ish kelmaydiganlar Rossiyada ham ishlay olmay yuribdi. Masalan, mening qo‘limdan ish keladi. Bir kunda 100 minggacha topaman. Qora ish¸ lekin”, degan edi G‘ayratjon.

G‘ayratjon Qo‘ldoshevning bu aytganlariga ayni kunda Rossiyaning Samara shahridagi namanganlik mehnat muhojiri, 37 yoshli Bobur Sanjarov e‘tiroz bildirib, uni bahs maydoniga chorladi.

G‘ayratjon Boburning bu taklifini qabul qildi.

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: O‘zbekistonda qo‘lidan ish keladiganga hamisha ish bor, ish bilmagan Rossiyaga borib ham ish topolmay, pulini ololmay yuribdi...

Bobur Sanjarov: Bu bo‘lmagan gap, O‘zbekistonda davlat tashkilotida pul ishlab topish qiyin. Men o‘zim uyning fundamentidan kirib tomidan chiqib ketadigan ustaman. Qurilish tashkilotida ishlaganman, agar yetarli maosh berganida edi, olti yildan buyon Rossiyada yurmagan bo‘lardim....

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: Bizda, Sirdaryoda ish ko‘p, mana xorazmlik bolalar kelib, odamlarning uylarida ishlab ketyapti. Hamma ustaga navbat kutyapti. Qo‘lidan keladiganga ish bor.....

Bobur Sanjarov: Siz davlat tashkilotlarini gapiring. Men o‘zim qurilish sohasida ishladim. U bergan pulga uy ham qurolmaysiz, biringiz ikki ham bo‘lmaydi. Vatanda pul topolmaysiz...

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: Qo‘ysangizchi, men o‘zim bahordan fundamentni tashlab uyni qurib bo‘ldim. Tomini ham yopdim. O‘zim ishlab topgan puldan qurdim....

Bobur Sanjarov: Siz o‘zi nima ish qilasiz?

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: Men qora ish qilaman, elektropilam bor. Odamlarning o‘tinlarini arralab beraman, daraxt kesaman....

Bobur Sanjarov: Men bir yarim oyda bitta kvartirani qurib chiqsam, 150 ming rubl (5ming AQSh dollari) ishlayman. O‘zbekistonda shuncha pul ishlash mumkinmi?..

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: Qo‘lingiz gul usta ekansiz, sizga omad...

Bobur Sanjarov: Mana bizning atrofimizda O‘zbekistondan kelgan o‘qituvchilar, vrachlar bor. Ular nega tashlab keldi vatanni, nima ularga ish yo‘qmidi? Ish borku, lekin oylikning mazasi bo‘lmasa, kim ham ishlaydi u yerda. O‘zbekistonning xalqi xor bo‘ldi, bu rejimni ag‘darib tashlash kerak...

G‘ayratjon Qo‘ldoshev: Endi oylikka qanoat qilmagan bo‘lsa, ketganda, unaqalari ham bor. Men siyosat haqida gapirmayman...

Bobur Sanjarov: Bu Karimov degani hammani o‘ynatyapti, hammani mardikor qildi. Bu ahvolda vatan yaxshi bo‘lmaydi...

Bahs maydonini to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin:

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG