Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:52

Materatsi nega Zidan uni boshi bilan urganini aytdi


Futbol bo'yicha Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marko Materatsi 2006 yilgi Jahon chempionati finalida Zinadin Zidan bilan bo'lgan janjal haqida batafsil aytib berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Zidanning Mataretsi ko'kragiga boshi bilan bergan taniqli zarbasiga ikkinchisining birinchisa aytgan no'orin gapi sabab bo'lgan.

Bu haqda Marko Materatsi "Rossiya 2" telekanali bilan bo'lgan "Bosh bilan zarba" ko'rsatuvida aytib o'tdi.

- Men o‘sha vaqtda janjal kelib chiqishining oldini olishim mumkin edi. Ammo menga to‘rt marta qatorasiga: "Nima, mana shu futbolkamni qo‘lga kiritishni istab qoldingmi?" deyavyerganlaridan so‘ng, unga javoban: "Futbolkangni emas, singlingni istayman", dedim", - deb shov-shuvlarga sabab bo'lgan voqeaga izoh berar ekan Marko Materatsi.

Italiyalik futbolchi shu gaplarni aytgan vaqtda Zidanning singlisi borligini bilmaganligini iddao qildi. Uning aytishicha, taniqli fransuz futbolchisining singlisi haqida u janjaldan so'ng bilgan.

2006 yili Germaniyada o'tgan Jahon chempionati finalida Italiya va Fransiya jamoalari to'qnashgan. O'yin so'ngiga sanoqli daqiqalar qolganda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Zayniddin Zidan behosdan raqib himoyachisi Marko Materatsini boshi bilan urib yiqitgan edi.

Janjaldan so'ng ko'pchilik Materatsini Zidanning onasini haqoratlaganlikda ayblagan edi. Biroq Materatsining "Rossiya 2" telekalaliga bergan intervyusida bunday qilmaganligini aytdi.

Zidanni yanada mashhur qilgan o'sha zarba:

XS
SM
MD
LG