Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:45

O‘zbekistonda mahkumlar mehnat qullariga aylantirilgan


O‘zbekiston qamoqxonalaridagi aksar mahkumlar¸ ularning o‘zlariga ko‘ra¸ qadim qullardanda haqsizroq.
O‘zbekiston qamoqxonalaridagi aksar mahkumlar¸ ularning o‘zlariga ko‘ra¸ qadim qullardanda haqsizroq.
O‘zbekiston qamoqxonasida mahkumlarning qul kabi ishlatilayotgani bugungi “Qurultoy” eshittirishiga mavzu bo‘ldi.

Mavjud qonun qamoqda nogironlar va yoshi o‘tganlarni majburan ishlatishni taqozo qilmasa ham o‘zbek qamoqhonalaridagi barcha mahkumlar tekin qul kabi ishlatilmoqda.

Eshittirishda ishtirok etgan Shayxali qamoqhonasining sobiq mahbusi Farhod Muxtorovning aytishicha, mahbusning mehnati tekin, o‘zi esa 40 so‘m turadi.

- Bu gapni menga Shayxalidagi qamoq noziri aytdi. U menga qarab “Sening hayoting mening qo‘limdagi bir dona sigaretdan ham arzon. Sigaret 50 so‘m turadi. Sen o‘lsang, ikkita anketa to‘ldiramiz. Har biri 20 so‘mdan 40 so‘m” deb aytdi, deydi Farhod Muxtorov.

Farhod Muxtorovning o‘zi g‘isht zavodida 9 oy ishlatilib, 30 dollarga teng maoshga loyiq ko‘rilgan.

Oqibatda bu pulni ham unga berishmagan.

Farhod Muxtorovning "Qurultoy"da aytishicha, tekin ishchi kuchlaridan ayrilishni istamagan o‘zbek hukumati amnistiya ham e‘lon qilmadi.

“Qurultoy”da bilvosita ishtirok etgan sobiq mahbusa Mo‘‘tabar Ahmedova tosh kesayotgan mahkumlarning tosh ostida qolib majaqlanayotganini aytadi.

Qo‘yliqdagi ayollar qamoqxonasida 3 yil jazo o‘tagan va hozirda AQShda istiqomat qilayotgan Lolaxon Botirova mahkumlar ahvolini yaxshilash uchun qamoq nozirlarini qarg‘amasdan ularga insof tilab, Ollohga duolar o‘qish lozimligini aytdi.

“Qurultoy”da qatnashgan Qo‘yliq ayollar qamoqxonasining yana bir sobiq mahbusasi Mo‘‘tabar Tojiboyeva faol qarshilik, inson huquqlari faollari va jurnalistlarning qattiq harakatigina mavjud ahvolni o‘zgartirishiga ishonadi.

Qullar mehnatiga asoslangan Rim imperiyasi qullar nafrati bois qulagan edi, O‘zbekistonni ham ana shunday istiqbol kutmoqda, dedi "Qurultoy" davomida sobiq mahbus Farhod Muxtorov.

"Qurultoy" eshittirishini to‘liq shaklda quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG