Линклар

logo-print

Boshqaruv yo‘qotilgan AQShning sun‘iy yo‘ldoshi Yerga quladi


AQShning "STS-48" sun‘iy yo‘ldoshi, 1991 yil sentabr.

AQShning "STS-48" sun‘iy yo‘ldoshi, 1991 yil sentabr.

AQShga tegishli sun‘iy yo‘ldosh 24 sentabr kuni Yerga quladi.

Kosmik apparat parchalari Kanadaning g‘arbiy hududlariga sochilib ketgani taxmin qilinmoqda.

AQShning Fazo tadqiqotlar markazi – NASA mutaxassislar dastlab og‘irligi olti tonna bo‘lgan ushbu sun‘iy yo‘ldosh qayerga tushganini aniqlashga urinayotganlarini bildirdi.

Sun‘iy yo‘ldosh Yer atmosferasi qatlamiga kirgan paytda parchalanib ketgan.

Kanadaning Kalgari shahridan janubda joylashgan Okotoks shaharchasi aholisi yo‘ldosh parchalarini ko‘rganlarini ta‘kidlamoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, boshqaruv izdan chiqqan ushbu sun‘iy yo‘ldoshdan 20 yil davomida Yer atmosferasining yuqori qismini tadqiq qilishda foydalanilgan.
XS
SM
MD
LG