Линклар

logo-print
Saudiya Arabistonida ayollarga ovoz berish huquqi berildi.

Qirol Abdulla farmoniga ko‘ra, ayollar mahalliy hokimiyat organlariga saylanish huquqiga ham ega bo‘ldilar.

- Oliy imomlar bilan maslahatlashib, ayollarga bundan buyon Sho‘ro kengashi majlislarida qatnashish imkonini berishga qaror qildik, - dedi Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla.

Ayollarga hatto mashina haydash yoki erkak qarindoshi hamrohligisiz chetga chiqish ta‘qiqlab qo‘yilgan mamlakatda bu inqilobiy o‘zgarish sifatida ko‘rilmoqda.

Huquq faollari Saudiya Arabistonida ayollarga saylash va saylanish huquqi berilishi uchun ko‘pdan beri kurash olib borayotgan edi.
XS
SM
MD
LG