Линклар

logo-print
AQShga safar qilayotgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev bugun Nyu Yorkda BMT Bosh Assambleyasi yig‘ini nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Safar davomida G‘aniyevning AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton bilan uchrashishi rejalangan.

Pokistondagi beqarorliklar sabab Vashington shu kunlarda Afg‘onistonga O‘zbekistondan o‘tuvchi Shimoliy ta‘minot yo‘liga qiziqish bildirmoqda.

Janob G‘aniyev Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes-forumida ham qatnashadi.

Xuddi shu kuni AQShdagi huquq faollari Amerika-O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkillashtiriladigan uchrashuvni piket qilishni rejalaganlar.

Piketning "O‘zbekistonda majburiy bolalar mehnati va inson huquqlarining ommaviy buzilishi bas qilinsin!" degan shior ostida o‘tkazilishi kutilmoqda.
XS
SM
MD
LG