Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:35

O‘zbekiston Xalq Harakatining Rossiyadagi yetakchisi o‘ldirildi


Rossiyada otib ketilgan o‘zbekistonlik taniqli imom Fuad Rustamxo‘jayev.
Rossiyada otib ketilgan o‘zbekistonlik taniqli imom Fuad Rustamxo‘jayev.
Rossiyaning Ivanovo shahrida O‘zbekiston Xalq Harakati yetakchilaridan biri Fuad Rustamxo‘jayev otib ketildi.

Fuad Rustamxo‘jayev 24 sentabr kuni oqshom Ivanovo shahridagi uyi oldida otib ketildi.

Ozodlik muxbiri aniqlagan rasmiy xabarlarga ko‘ra, qotillar taksida uning uyi oldigacha kelgan va Rustamxo‘jayev bilan o‘zbek tilida qattiq-qattiq so‘zlashishgan.

So‘ngra esa u yerdan otishma ovozlari eshitilgan. Bu haqda Ozodlik tahririyatiga yo‘llangan elektron maktubda aytilishicha, Rustamxo‘jayevga qarata oltita o‘q uzilgan.

Hodisa yuzasidan O‘zbekiston Xalq Harakati tarqatgan bayonotda Fuad Rustamxo‘jayevnig Rossiyada yashab kelgani va 2005 yildan buyon Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgani aytiladi.

Ozodlikka yo‘llangan maktubda aytilishicha, Fuad Rustamxo‘jayevning islomiy ilmi kuchli bo‘lgan va ko‘p yillardan buyon Ivanovodagi bosh masjidning imom xatibi bo‘lgan.

O‘zbekiston Xalq Harakati faollaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, marhum tashkilotning ta‘sis etilishida hamda harakatning keyingi tadbirlarida faol ishtirok etgan.

Shuningdek, harakat vakillariga ko‘ra, bir oy muqaddam O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Fuad Rustamxo‘jayevning Andijondagi uyiga borgan va uning oila-a‘zolarini Fuad siyosiy faoliyatini davom ettirsa, unga nisbatan "choralar ko‘rilishidan" ogohlantirgan.

Fuad Rustamxo‘jayev 1973 yilda Andijonda tug‘ilgan va hozir Rossiyada uning rafiqasi hamda ikki yosh qizi qoldi.


Fuad Rustamxo‘jayev O‘XH so‘nggi majlislaridan birida qilgan chiqishi (O‘XH saytidan olindi)

Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston Xalq Harakati rahbari Muhammad Solih Fuad Rustamxo‘jayev harakatning Germaniyada o‘tgan ilk qurultoyidayoq O‘zbekiston hukumati nomiga keskin tanqidiy chiqish qilganini xotirladi.

"Uni harakatning Rossiyadagi muvofiqlashtiruvchisi etib tayinlagan edik. U Rossiyada harakatimizga yangi a‘zolarni jalb qilish bilan faol shug‘ullanib kelayotgan edi... Biz bu qotillikni O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmatining navbatdagi jinoyati, deb bilamiz", dedi Muhammad Solih.

Quyida Muhammad Solih bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG