Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:07

Qamoqdan yana bir andijonlikning jasadi chiqdi


Huquq faollariga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqlaridan yiliga o‘nlab mahbuslarning jasadi chiqadi.
Huquq faollariga ko‘ra, O‘zbekiston qamoqlaridan yiliga o‘nlab mahbuslarning jasadi chiqadi.
2005 yil 13 may voqealariga aloqadorlikda ayblanib, qamalgan Ravshanbek Otaboyevning jasadi 21 sentabr kuni Andijondagi yaqinlariga keltirildi.

O‘zbekiston Xalq Harakati faollaridan biri Yusuf Sobirovning Ozodlikka aytishicha, marhum Ravshan Otaboyevning jasadi 21 sentabr kuni Navoiydagi qamoqxonadan uyiga keltirilgan.

- Jasadni olib kelishlari bilan tezda dafn qilishni talab qilishgan. Bu kishi qanday qilib olamdan o‘tgan, uyiga keltirilgan paytda u kishining tanasi qay ahvolda bo‘lgan va o‘limiga aniq sabab nima, biz buni aniqlay olmadik. Bu kishining oilasi bilan bog‘lanishning mutlaqo imkoni bo‘lmayapti,- deydi Yusuf Sobirov.

Unga ko‘ra, 1956 yil 5 oktabrda tug‘ilgan Ravshan Otaboyev 2005 yil 13 may kuni Bobur maydonidagi voqealarga guvoh bo‘lgan va harbiylar hujumidan qochib, Teshiktoshgacha borgan.

U yerda askarlardan o‘q yegan va tez tibbiy yordam mashinasida Andijon shifoxonasiga olib ketilgan.

Yu. Sobirovga ko‘ra, shu bo‘yi Ravshan Otaboyev bir yilga qadar bedarak ketgan va bir yil o‘tibgina, uning Toshkentdagi mahbuslar shifoxonasi - "Sangorod"da saqlanayotgani aniqlangan.

Ravshan Otaboyev 2000 yillardayoq sil kasaliga chalingan va qamoqqa tushguniga qadar ham har yili bir necha bor jiddiy tibbiy muolajaga muhtoj bo‘lgan.

Qamoqxonada unga yetarli tibbiy muolaja olish imkoni berilmagan va barcha dori-darmonlar yaqinlari tomonidan ta‘minlangan, deydi Yu. Sobirov.

- Muhimi, Ravshan Otaboyevning necha yilga va qanday moddalar bilan qamalgani ham bizga noma‘lum qolayapti. Chunki, bu haqda na oilasiga va na yaqinlariga xabar berilgan,- deydi O‘XH faollaridan biri Yu. Sobirov.

Quyida Yusuf Sobirov bilan suhbatni to‘liq holda tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG