Линклар

logo-print
Bundan roppa-rosa 13 yil oldin, 1998 yili, Stanford universitetining ikki talabasi, Larri Peyj va Sergey Brin, bugungi kunda eng katta internet qidiruv tizimiga aylangan kompaniyaga asoso solgan edi. Bu kompaniyaning nomi Google.

13 yoshga to'lgan Google bugungi kunga kelib elektron dunyoning katta qismini egallashga ulgurdi va internet foydalanuvchilarining ko'pini asosiy onlayn qidiruv xizmatiga aylandi.

Bugun Google shirkati o'zining 13 yoshini internet qidiruv bozorining 90 foisiza egalik qilib qarshilamoqda.

Uning taniqli Chrome veb-brauzeri esa, nisbatan yangiligiga qaramasdan, brauzerlar bozorining 22 foizini egallamoqda. Googlening Android operatsion tizimi ham borgan sari smartfonlar bozorida mashhurlashib bormoqda.

Shirkatning 13-chi tug'ilga kuni uchun yuqoridagi raqamlar yaxshi sovg'adir, albatta. Biroq Google o'zining tug'ilgan kunini guglcha nishonlashni lozim topdi. O'zining tug'ilgan kuniga atab Google bosh sahifasida logosini o'zgartirdi (yuqoridagi surat). Google o'zgartirilgan logosini dudl (doodle), deb ataydi.

Dudle (doodle) so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, u odamning hayoli bir joyda turmagan yoki o'yga botib turgan holda chizgan suratni anglatadi. Bunday suratlarni hammamiz maktabda o'qib yurgan chog'imizda daftarlarning hoshiyalariga yoki "chernovoy"larga chizganmiz.

Qizig'i shundaki, 2005 yilgacha Google shirkati o'z tug'ilgan kunini 7 sentabr kuni nishonlab kelgan. 2005 yili esa shirkat tug'ilgan kuni 27 sentabrga o'zgartirilgan edi. 27 sentabrda Google o'z qidiruv tizimi indekslagan veb-saytlarning rekord ko'rsatkichini e'lon qilgan edi.

1998 uildan beri Google 900 ortiq doodle'lar taqdim etgan. Google shirkatining doodle'lari asosan buyuk insonlar tug'ilgan kuniga va tarixiy voqealarga atab yasaladi.
XS
SM
MD
LG