Линклар

28 sentabr kuni Qarshining "Nasaf" futbol klubi OFK kubogi chorak finali doirasida Taylandning "Chonburi" klubini Qarshi markaziy stadionida qabul qildi. Hujumlarga boy kechgan o'yinda "Nasaf" jamoasi o'yin so'ngidagi penaltilar seriyasida 4:3 hisobi bilan mehmonlarni dog'da qoldirdi va OFK kubogi yarim finaliga yo'llanma oldi.

Esingizda bo'lsa, "Nasaf" 13 sentabr kuni Taylandda "Chonburi" jamoasini 0:1 hisobi bilan mag'lub etgan edi. Kechagi javob o'yinida ham huddi shunday hisob qayd etildi, biroq bu safar taylandliklarning qo'li baland keldi.

O'yindagi yagona go'l 54-daqiqada kiritildi. "Chonburi" o'yinchisi Terdsak Chaymanning burchakdan yetkazib bergan to'pidan so'ng Ney Fabiano "Nasaf" darvozasini ishg'ol etdi. Qarshiliklarda ham bir necha bor gol urish uchun qulay vaziyatlar bo'ldi, biroq omad ular tarafida emas edi.

Ikki o'yin natijasi durangligi sabab, o'yin so'ngida qo'shimcha vaqt qo'shib berildi. Qo'shimcha vaqt gollarsiz o'tgani bois, yarim final yo'llanmasini penaltilar seryiyasi aniqlab beradigan bo'ldi. Unda "Nasaf" darvozaboni Murodjon Zuhurov ikkita zarbani qaytarib, o'z jamoasida OFK kubogi yarim final eshiklarini ochib berdi.

Penaltilar seriyasi tushirilgan video-lavha (sifati past)


OFK kubogi yarim finalida "Nasaf" birinchi o'yinni 4 oktabr kuni o'tkazadi. Qarshiliklarning yarmi finaldagi raqibi bugun Iroqning "Duhok" va Iordaniyaning "Al Vahdat" klublari o'rtasidagi uchrashuvda aniqlanadi. Eslatamiz, chorak finalning birinchi o'yinida "Al Vahdat" klubi "Duhok" ustidan 5:1 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG